06:14 18 Dekabr 2017
Efir
Buxarskiy emir Sayid Alim-xan

Buxoro amiri qabri oʻz vataniga qaytarilishi kerak

© Prokudin-Gorskiy
Jamiyat
Havola olish
2507110

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Buxoroning soʻnggi amiri Sayid Olimxonning qabri haqida oʻz fikrlarini bildirishdi.

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Internet saytlaridan birida joylashtirilgan, Buxoro amiri Sayid Olimxon qabri aks etgan surat, koʻplab muhokamalarga sabab boʻldi,  deb yozadi Podrobno.uz nashri.

Suratda amir Olimxonning Qobuldagi "Shado Solixin"  qabristonida joylashgan maqbarasi koʻrsatilgan. Koʻrinib turibdiki, bugungi kunda maqbara ayanchli ahvolga kelib qolgan.

Amir Sayid Olimxon qabri, Qobul
Amir Sayid Olimxon qabri, Qobul

Begona yurtda amirnig hayoti oson boʻlmagan. Qimmatbaho tuhfalar qilishga qaramasdan Afgʻonistonning biror podshohi Olimxonni qoʻllab quvvatlamaydi, uning bolalari huquqlari cheklanib, oddiy xalq darajasiga tushiriladi. Ustiga ustak Angliya banki ham amirga tegishli boʻlgan pullarni qaytarib bermaydi.

Amir Olimxon 1943 yilda  Afgʻoniston bosh vaziri Ahmadshohga yozgan maktubida: "Afgʻonistonga kelganimga 23 yil boʻldi. Shu davr ichida  koʻp gʻurbat va musibatlarni boshimdan kechirdim. Lekin vatan yodi bir muddat ham qalbimni tark etmadi. Vatan yodi bilan yashadim va vatan yodi bilan oʻlaman”, — degan hasratli soʻzlarni aytgan ekan.

Amir Olimon 1944 yilda 64 yoshida Qobuldan 11 km masofada joylashgan Fatuh qalʼasida vafot etadi.

Oʻlimi oldidan Buxoroning soʻnggi hukmdori oʻz qabriga qoʻyidagi soʻzlarni yozib qoldirishni vasiyat qilgan: "Vatansiz amir — nochoru abgor, vatanida oʻlgan gadoy — haqiqiy amir" (tarj.)

Sovet Ittifoqi davrida har qanday hukmdor, jumladan amir Olimxon xotirasi ham imkon qadar qoralangan. Tarixiy faktlar buzib koʻrsatilgan yoki butunlay yoʻq qilingan. Albatta, buning evaziga xalq madaniyati, milliy  urf-odatlarning bir qismi ham butkul yoʻqolib ketgan,  deksak adashmaymiz.

Maʼlumki, oʻzbek xalqi vafot etganlar haqida yoki faqat yaxshi narsalarni yoki hech narsa eslamaydi.

Yuqoridagi fotosurat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining faol muhokamasiga sabab boʻldi. Quyida ulardan ayrimlarini keltiramiz.

"Joylari Jannatdan boʻlsin". 

"U kishi bizning shahar tarixidan hech qachon ajralmaydi. Joylari Jannatdan boʻlsin".

"Oʻzbekiston u kishining qabrlarini taʼmirlashi kerak. Afgʻoniston bilan munosabatlarimiz doʻstona-ku".

"U oʻz davrining vakili boʻlgan. Sharqning koʻp hukmdorlari zulmkorlik qilgan. Bunga koʻp vaqt boʻldi. Biz uni sud qila olmaymiz. Tarixni oʻzgartirib boʻlmaydi".

"Hozir Rossiya ham oʻz oʻz podshoh avlodlari qabrini topib qayta koʻmishmoqda. Shoh oilasini (Tsarskaya semya) ham topib hurmat va ehtirom bilan qayta koʻmishdi".

Asosiy mavzular