Bugun Tatariston poytaxtida "O‘zbekiston go‘zali" aniqlanadi

© Nuz.uzKonkurs «Krasa Uzbekistana” proxodit v Kazani
Konkurs «Krasa Uzbekistana” proxodit v Kazani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlov g‘olibasi deb topilgan qiz "Jahon durdonasi-2017" talabalar o‘rtasidagi xalqaro go‘zallik va iste’dodlar tanlovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Qozon shahrida "O‘zbekiston go‘zali" go‘zallik va iste’dodlar tanlovi o‘tkazilmoqda. Tanlov finali bugun Tatariston xalqlar do‘stligi saroyida bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Nuz.uz.

Aneta Sultanova - Sputnik O‘zbekiston
"Koinot go‘zali - 2017" tanlovining o‘zbekistonlik finalchilari ma’lum bo‘ldi

"O‘zbekiston go‘zali —2017" tanlovi g‘olibligi uchun Tataristonda yashovchi o‘zbek qizlari bellashishmoqda. Saralash bosqichlaridan o‘tgan yetti nafar qiz finalga yetib kelishdi.

Tanlov g‘olibasi deb topilgan qiz "Jahon durdonasi-2017" talabalar o‘rtasidagi xalqaro go‘zallik va iste’dodlar tanlovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

"O‘zbekiston go‘zali" tanlovi Tataristondagi o‘zbeklarning milliy-madaniy muxtoriyati va "Tataristondagi O‘zbekiston Respublikasi yoshlari" hududiy jamoat tashkiloti tomonidan o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0