O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi Novosibirskda muzokaralar o‘tkazadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishGorod Novosibirsk
Gorod Novosibirsk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi Novosibirskdagi qator korxonalar, "Novosibirsk" agroparki, sanoat-logistika parki, "Novosibirsk-Ekspotsentr" ko‘rgazma majmuasiga tashrif buyurishi hamda xalqaro davra suhbatida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. 21 mart kuni Novosibirsk shahri meri Anatoliy Lokot va O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda merlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ufa, Bashkiriya - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand va Boshqirdiston o‘rtasida hamkorlik kengayadi

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida shuningdek, respublikaning Novosibirskdagi bosh konsuli Ravshanbek Matchonov, elchining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Otabek Boboyev, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, "O‘zpaxtasanoateksport" xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi Akmal Kamolov (2014-2015 yillarda O‘zbekistonning Rossiyadagi sobiq elchisi) bor.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Novosibirsk o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va iqtisodiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Novosibirskdagi qator korxonalar, "Novosibirsk" agroparki, sanoat-logistika parki, "Novosibirsk-Ekspotsentr" ko‘rgazma majmuasiga tashrif buyurishi hamda xalqaro davra suhbatida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0