Lavrov: O‘zbekiston - Rossiyaning MDHdagi asosiy iqtisodiy hamkori

© Sputnik / Eduard Pesov / Mediabankka o‘tishPeregovori S.Lavrova i A.Kamilova v Tashkente
Peregovori S.Lavrova i A.Kamilova v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligiga 25-yil to‘lishi munosabati bilan bir-birlariga maktub yo‘lladilar

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyaning MDHdagi asosiy savdo-iqtisodiy hamkori bo‘lib qoladi, deb ta’kidladi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligiga 25-yil to‘lishi munosabati bilan yo‘llagan maktubida.

"O‘tgan 25-yil davomida Rossiya va O‘zbekiston teng huquqlilik, o‘zaro hurmat, mustahkam do‘stlik an’analari tamoyillariga asoslangan munosabatlarni rivojlantirishda sezilarli natijalarga erishdilar hamda bu munosabatlarni yanada yuqori darajaga olib chiqdilar", — dedi Rossiya TIV rahbari.

Ministerstvo inostrannix del Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada O‘zbekiston-Rossiya vazirliklararo maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlarning yuqori darajadagi muntazam aloqalari ikki mamlakat hamkorligining rivojlanishida muhim omil bo‘lmoqda. Lavrov shuningdek, iqtisodiy aloqalarning rivojlanishida O‘zbekiston va RF o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning alohida o‘rni borligini qayd etdi.

"Nishonlanayotgan mazkur sana Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi har omonlama aloqalarni mustahkamlash, birodar xalqlar farovonligi, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi", —dedi Rossiya TIV rahbari.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z navbatida o‘tgan chorak asr davomida ikki mamlakat ikki tomonlama munosabatlarning barcha sohalarida hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini e’tirof etdi.

Plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya hududlararo hamkorlik o‘rnatadi

"O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, harbiy-siyosiy va gumanitar sohalardagi aloqalarning rivojlanishi hamda strategik hamkorlikning kuchayishi Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqarorlik va xavfsizlikni saqlashga xizmat qilishi haqidagi fikringizga qo‘shilaman", — deya qayd etdi Kamilov.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 20-martda o‘rnatilgan.

Yangiliklar lentasi
0