15:11 15 Dekabr 2017
Efir
Lola Karimova

Lola Karimova-Tillyayeva Navroʻz tabrigini izhor qildi

© Istagram
Jamiyat
Havola olish
242 0 0

"Bahor goʻzalligidan bahra olib, qalblaringiz mehr-muxabbatga va nurga toʻlsin! Navroʻz muborak!", deb yozadi u

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qizi, Oʻzbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasi orqali Navroʻz bayrami bilan tabrikladi.

"Buyuk ipak yoʻli boʻyida istiqomat qiluvchi millionlab odamlar, turli millat va elat vakillari har yili bahorda 3 ming yillik tarixga ega Navroʻz bayramini nishonlaydilar. Ushbu bayram YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Navroʻzi olam — sharqona yangi yilning boshlanishi va tabiat uygʻonishining ramzi boʻlib, turli millatlar, madaniyatlar va dinlarga mansub insonlar orasida mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik va bagʻrikenglik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sahifamning aziz mushtariylari, men sizlarni yangilanish va yasharish bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Bahor goʻzalligidan bahra olib, qalblaringiz mehr-muxabbatga va nurga toʻlsin! Navroʻz muborak!", deb yozadi u.

Asosiy mavzular