15:10 15 Dekabr 2017
Efir
Sbornaya Uzbekistana po futbolu

Suriya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi uchrashuv stadioni oʻzgardi

Federatsiya futbola Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
232 0 0

Boʻlajak oʻyinda Suriya nominal mezbon boʻlgani hamda mamlakatda siyosiy beqarorlik hukmronlik qilayotgani sababli OFK oʻyinni neytral zona - Malayziyada oʻtkazilishini taʼminlagandi

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 23 mart kuni JCH-2018 turniriga saralash bosqichi "A" guruhi 6-turida Suriya termasiga qarshi bahs olib boradigan uchrashuv stadioni oʻzgardi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol federatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Boʻlajak oʻyinda Suriya nominal mezbon boʻlgani hamda mamlakatda siyosiy beqarorlik hukmronlik qilayotgani sababli OFK oʻyinni neytral zona — Malayziyada oʻtkazilishini taʼminlagandi.

Mazkur bellashuv Malayziyaning Seremban shahridagi Tuanku Abdul Rahman Stadium stadionida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgandi. Biroq stadion oʻyinga tayyor boʻlmagani uchun Suriya-Oʻzbekiston bahsi Malakka shahridagi Hang Jebat Stadium maydonida oʻtkaziladi.

Oʻyin vaqti oʻzgarishsiz qolgan — uchrashuv mahalliy vaqt bilan 20:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00)da boshlanadi. Bellashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhi ham oʻzgarmagan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralash bosqichi "A" guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi oʻrinda bormoqda. Suriya 5 ochko toʻplagan holda toʻrtinchi oʻrinni band qilib turibdi.

Asosiy mavzular