21:48 27 Aprel 2017
Efir
Xiva gorod v Xorezmskoy oblasti Uzbekistana

Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarining turistik saytlari ishga tushdi

© Flickr/ Jean-Pierre Dalbéra
Jamiyat
Havola olish
7811

Ularda Xorazm va Qashqadaryo viloyatlariga bagʻishlangan foto va videolavhalar, maʼlumotlar, mehmonlar uchun maʼlumotlar joylashtirilgan

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Oʻzbekiston turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda visitkhorezm.uz va visitkashkadarya.uz saytlarini ishga tushirdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu saytlar turistlar va turistik kompaniyalar uchun moʻljallangan. Ularda Xorazm va Qashqadaryo viloyatlariga bagʻishlangan foto va videolavhalar, maʼlumotlar, mehmonlar uchun maʼlumotlar joylashtirilgan.

Sayt tashrif buyuruvchilari "Panorama" rukni ostida mazkur viloyatlardagi eng diqqatga sazovor maskanlarning panoramali (360 darajali) fotosuratlarini tomosha qilishlari mumkin.

Bundan tashqari, "Turistlarning oʻzini tutish qoidalari", "Tavsiyalar", "Soʻzlashgich", "Sogʻlik va xavfsizlik", "Madaniyat, "Milliy taomlar", "Milliy bayramlar" kabi ruknlar ham sayt mehmonlarini befarq qoldirmaydi.

Asosiy mavzular