18:14 23 Oktyabr 2017
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Surxandarinskuyu oblast

Shavkat Mirziyoyev A.Qodiriy istirohat bogʻida saylda qatnashdi

IA "Jaxon"
Jamiyat
Havola olish
44060

Bugun, 20 mart Oʻzbekistonning barcha hududlarida Navroʻz keng nishonlanmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Toshkentdagi Abdulla Qodiriy madaniyat va istirohat bogʻida boʻlib xalq saylida ishtirok etdi.

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Bugun Oʻzbekistonning barcha tumanlarida, bogʻ va saylgohlarida Navroʻz keng nishonlanmoqda. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida tashkil etilgan sayilda ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Prezident istirohat bogʻiga soat 12 da yetib keldi. Bogʻni aylanib chiqib u yerda jamlangan odamlar bilan salomlashdi va ayrimlar  bilan alohida suhbatlashdi.

Shundan keyin Shavkat Miromonovich parlament rahbarlari, diplomatik korpus vakillari  bilan birga bayramona bezalgan dasturxon atrofidan joy oldi.

Keyin davlat rahbariyati va mehmonlar eʼtiboriga bayram kontserti taqdim etildi. Mehmonlar dasturxonga tortilgan Navroʻz taomlaridan bahramand boʻlishdi.  

Prezident bir soatdan keyin bayram tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib, bogʻni tark etdi va bayram tantanalari davom etayotgan, Toshkentning boshqa manzillariga yoʻl oldi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev bu yil Oʻzbekistonda Navroʻz bayramida har bir tumanda har bir bogʻda xalq sayli tashkil qilish kerakligi haqida gapirgan edi.

"Navroʻz — bu sayl. Bu yil hammamiz saylda qatnashamiz. Odamlar emin-erkin xoxlagan bogʻiga borsin, yursin, mazza qilsin", — degan edi prezident 2016 yil  yakunlariga bagʻishlangan majlisda.

Undan tashqari davlat rahbari, bu yil 20-21 martni dam olish kuni deb eʼlon qilib, fuqarolarga birin-ketin uch kun dam olish imkonini yaratgan edi.

Asosiy mavzular