22 martda plastik kartalar vaqtincha ishlamaydi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishBank kartalari to‘lov terminali
Bank kartalari to‘lov terminali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Umumrespublika Protsessing Markazi plastik karatalar tizimida profilaktika ishlari olib borilishi tufayli tizim vaqtincha ishlamasligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. O‘zbekiston plastik kartalar tizimi 22-mart kuni vaqtincha ishlamaydi deb xabar qilmoqda Uzcard rasmiy sahifasi.

"Profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 2017-yil 22-mart soat 01:00 dan 02:00 gacha POS va E-POS terminallari protsessing markazi bilan vaqtinchalik ulana olmasligi mumkin", — deyilgan Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi xabarida.

Xabar so‘nggida,  Protsessing Markazi vaqtinchalik noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0