Moskvada Qur’on festivali bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishQur’on
Qur’on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur tadbirda Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning masjidda saqlanayotgan muborak sochlari namoyish etiladi

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. 26 mart kuni Moskva jome’ masjidida Qur’on Festivali bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Moskva musulmonlari idorasi matbuot-xizmati.

Qur’on o‘qish - Sputnik O‘zbekiston
Qur’on va Injil bir kitobda nashr etiladi
"Qur’on festivali ikkinchi bor turli millat va din vakillari uchun o‘ziga xos muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘tgan yil ushbu Festivalda 5000dan ziyod insonlar ishtirok etgan va bu tadbirga qiziqish borgan sari ortmoqda", — deyiladi xabarda.

Qur’on Festivali mehmonlariga muqaddas Qur’on va Islom dinining eng mashhur kishilari haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, mehmonlar Qur’onning go‘zal qiroatidan bahramand bo‘lib, Rossiyada Islom dinining paydo bo‘lishi tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.

Mazkur tadbirda Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning masjidda saqlanayotgan muborak sochlari namoyish etiladi.

3000 kv.m. dan ziyod maydonda badiiy ko‘rgazmalar, an’anaviy va zamonaviy uslubdagi Qur’on xattotligi, "Qur’ondan ilhomlanganlar" kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, dasturga "Soatlik namoz" seminar va xattotlik bo‘yicha master-klasslari kiritilgan.

Fil yuvinish xonasida. - Sputnik O‘zbekiston
Muhammad payg‘ambar haqidagi film uchun Afrikadan fil keltirildi
Festival doirasida ikkinchi marotaba Qur’on yosh hofizlari Umumrossiya tanlovi o‘tkaziladi. Mazkur tanlovda 3 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etadilar. Shuningdek, yoshi katta mehmonlar orasida Azon tanlovi o‘tkaziladi.

Taklif qilingan mehmonlar orasida ko‘zga ko‘ringan siyosiy, diniy va jamoatchilik arboblari, chet elllik mehmonlar, shoirlar va yozuvchilar bo‘ladi.

Moskva Jome’ masjidi Ochiq eshiklar kuni kechki soat 22.00 ga qadar davom etadi va mohir hofizlarning qiroatlari bilan yakunlanadi.

Yangiliklar lentasi
0