FVV ogohlantiradi: O‘zbekistonda aprelda qor yog‘adi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn
Povsednevnaya jizn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aprel oyida O‘zbekiston bo‘ylab havo keskin o‘zgarishi kutilyapti. 1-2 aprel kunlari yomg‘ir yog‘ishi, ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi oldindagi 10 kun mobaynida mamlakat hududida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi haqida xabar qildi.

Xususan, 30-31 mart kunlari respublika bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi soniyasiga 15-20 metr tezlikda esadi.

26-31 mart kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud. Shu kunlari tog‘ oldi hududlarda esa sel kelishi mumkin.

Aprel oyida O‘zbekiston bo‘ylab havo keskin o‘zgarishi kutilyapti. 1-2 aprel kunlari yomg‘ir yog‘ishi, ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shamol tezligi soniyasiga 22 metrgacha ko‘tarilishi mumkin.

2-4 aprel kunlari esa havo harorati keskin tushib ketadi, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi 3 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0