Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligi keng nishonlanadi

© Sputnik / V. Chistakov / Mediabankka o‘tishBabrak Karmal, Sharaf Rashidovich Rashidov
Babrak Karmal, Sharaf Rashidovich Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzaxning Sharof Rashidov tumanida muzey hamda yodgorlik majmuasi quriladi, O‘zbekiston sobiq rahbari xotirasiga bag‘ishlangan hujjatli film suratga olinadi va uning tanlangan asarlari qayta chop etiladi.

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Ushbu qaror atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash hamda tavalludining100-yilligini munosib nishonlash maqsadida qabul qilingan.

“Respublikamizni juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarib, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash hamda tavalludining100-yilligini munosib nishonlash maqsadida”, — deyilgan qaror matnida.

Xususan, Oliy Majlis Senatining qaroriga  muvofiq Jizzax viloyatining Jizzax tumaniga Sharof Rashidov nomi beriladi va u yerda uning xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi va haykali quriladi. Shuningdek, yosh avlodni Sharof Rashidovning hayoti bilan yaqindan tanishtirish uchun Jizzax shahrida uning memorial uy-muzeyini tashkil etish va muzey hududini obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

© Sputnik / Vasiliy Malishev / Mediabankka o‘tishSharof Rashidov
Fidel Kastro (sleva) i perviy sekretar SK kompartii Uzbekistana Sharaf Rashidov (2 sprava) beseduyut s chabanom kolxoza imeni Sverdlova M. Muminovim - Sputnik O‘zbekiston
Sharof Rashidov
Undan tashqari Sharof Rashidov nomi bilan bog‘liq bir necha yozma adabiyotlar chop etiladi.  Ular orasida davlat arbobi asarlaridan “Saylanma” kitobi, Sharof Rashidov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Xalqimizning otashqalb farzandi” nomli xotira kitobini chop etiladi.

Shuningdek, Sharof Rashidovning hayoti va ijtimoiy-ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratiladi. 2017-yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida Jizzax va Toshkent shaharlarida Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasini o‘tkaziladi.

Sharof Rashidovning 100-yilligini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlar O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa OAVlar tomonidan keng yoritib boriladi.

Taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917-yilning 6-noyabrida Jizzax shahrida, dehqon oilasida tavallud topgan.

1941 yilda Samarqand Davlat universitetini tugatib muallim va muxbir sifatida faoliyatini boshlagan. 1941-1942 yillarda urushda qatnashadi. 1950-1959 yillarda O‘zbekiston Oliy Kengashi rayosatining raisi, 1959-1983 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi markazqo‘mining birinchi kotibi bo‘lib ishlaydi. Sharof Rashidov 1983-yilning kuzida vafot etgan.

© Iz arxiva Georgiya Dimova Sharof Rashidov Yuriy Gagarin bilan
Yu. A. Gagarin i Sh. R. Rashidov v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Sharof Rashidov Yuriy Gagarin bilan
Sharof Rashidov rahbarlik qilgan yillari Urushdan keyingi eng og‘ir yillar, 1966-yilda sodir bo‘lgan Toshkent zilzilasi va undan keyingi cho‘lni o‘zlashtirish hamda paxta maydonlarini kengaytirish yillarigi to‘g‘ri kelgan.

Sharof Rashidov qobiliyatli boshqaruvchilikdan tashqari o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan yozuvchisi ham bo‘lgan. Adibning «G‘oliblar»,  «Bo‘rondan kuchli», «Qudratli to‘lqin» «Kashmir qo‘shig‘i» kabi asarlarida o‘zbek xalqining urushdan keyingi tiklanish yillaridagi mehnat jasorati badiiy ifodasini topgan.

Yangiliklar lentasi
0