09:33 21 Noyabr 2017
Efir
Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida. Arxiv surat

Shavkat Mirziyoyev: Bizga shu ham boʻlaveradi, deb yashash vaqti oʻtdi

© Press-slujba prezidenta RUz
Jamiyat
Havola olish
113671

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga boʻlgan tashrifi vaqtida, tomorqadan samarali foydalanish, issiqxonalarda limon, unabi mevalari yetishtirish va xonadonlarda 100 tadan parranda boqib aholining qoʻshimcha daromad topishga ishtiyoqini kuchaytirishni maslahat berdi.

TOSHKENT, 29 mar – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, islohotlar jarayoni va yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida Navoiy viloyatida boʻlib u yerda tadbirkorlar, fermerlar va oddiy xalq bilan muloqotda boʻldi, deb xabar qilmoqda Prezident matbuot xizmati.

Navoiy viloyati,  oʻzining mehnatkash xalqi, yer osti va yer usti boyliklari tufayli mustaqillik yillachida ildam qadamlar bilan rivojlandi. Bugungi kunda viloyatda konchilik, metallurgiya, kimyo, energetika, qurilish materiallari, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati izchil rivojlanib viloyat Respublikaning yirik sanoat hududiga aylangan.

Bugun Navoiyda 17ta yirik sanoat korxonasi faoliyat koʻrsatmoqda: Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumtsement”, “Navoiy issiqlik elektr stantsiyasi”, “Elektrkimyozavodi” shular jumlasidandir. “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida 18 korxona tomonidan 100 dan ortiq turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Iqtisodiy rivojlanishda yangi yaratilayotgan kichik biznes subʼyektlari ham ishtirok etdi. Oʻtgan yilii Navoiyda 866 ta yangi kichik biznes subʼyekti tashkil etildi va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 611,9 milliard soʻm kredit ajratildi.  Viloyatda 9500 dan ziyod yangi ish oʻrnlari yaratildi.

Yengil sanoat  

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi davomida viloyatning bir necha tumanlari va korxonalarida boʻldi. Tashrif boshida prezident yengil sanoatni rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar bilan tanishdi.

Navoiyda paxta tolasini chuqur qayta ishlab va jahon bozori talablariga mos eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida bir necha korxonalar yaratilgan.

Xususan, Navoiy shahrida “Baxt tekstil”, “Baxt Navoiy”, Qiziltepa tumanida “Toshrabot tekstil” va Navbahor tumanida “Navbahor tekstil” korxonalari zamonaviy va energiya tejamkor texnologik uskunalar asosida sifatli ip-kalava ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmoqda. Ushbu korxonalar Milliy bank krediti hisobidan tashkil qilinib u yerga Shveytsariyaning “Riter” va Belgiyaning “Pikanol” kompaniyalarining zamonaviy dastgohlari oʻrnatilishi rejalashtirilgan.

Teri mahsulotlari va qorakoʻlchilik

Prezident tanishgan keyingi soha bu — teri xomashyosini tayyorlash va qayta ishlash boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar boʻldi.

Ayni paytda viloyatda 450 ming bosh qoramol hamda bir million 950 ming qoʻy-echki parvarishlanmoqda. Ulardan yiliga oʻrtacha 930 ming dona teri olinadi. Prezident Karmana tumanidagi “Kamilla grup” masʼuliyati cheklangan jamiyatida Italiya texnologiyasi asosida tayyor charm ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini koʻzdan kechirdi. Ushbu loyiha ishga tushgach, yiliga 3,2 million dollarlik mahsulot eksport qilish imkoni paydo boʻladi. Korxonada 40 ish oʻrni yaratiladi.

Navoiy viloyati qorakoʻl teri yetishtirish boʻyicha mamlakatimizda yetakchi oʻrinni egallaydi. Navoiyda Qorakoʻlchilik sohasida chuqur islohotlar olib borilmoqda. Xususan, viloyatdagi 23 qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligi fermer xoʻjaligiga, naslchilikka ixtisoslashgan iqtisodiy barqaror 8 shirkat xoʻjaligi masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga aylantiriladi. 23 shirkat hisobida boʻlgan chorva mollari, qoʻra-qoʻtonlar, suv inshootlari va boshqa mol-mulklar kimoshdi savdolari orqali sotilib, 900 dan ortiq fermer xoʻjaligi tashkil etiladi. Ularga chorva mollarini boqish uchun 2,7 million gektar yaylovlar berilishi rejalashtirilgan. Sohada 2 ming 250 ish oʻrni yaratiladi.

Baliqchilik
Viloyatda baliqchilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor berilmoqda. Xususan, Toʻdakoʻl suv ombori havzasida Vyetnam texnologiyasi asosida yiliga ming tonnadan ziyod baliq yetishtirish, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida inkubatsiya tsexlari tashkil etish va baliq yetishtirish boʻyicha mamlakatimizning barcha viloyatlariga 14 hudud ajratib berish rejalashtirilgan.

Fermer xoʻjaliklari

Shavkat Mirziyoyev Qiziltepa tumanidagi “Vangʻozi agro” fermer xoʻjaligi shiyponida boʻlib, viloyat qishloq xoʻjaligida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar bilan tanishdi.

Qiziltepa tumanida ming bosh qoramol va ming bosh echki boqishga moʻljallangan chorvachilik kompleksi hamda sutni qayta ishlash zavodi tashkil etilishi va Navbahor, Qiziltepa, Nurota tumanlarida qoramol va nasldor echki parvarishlashga moʻljallangan yana 5 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“Tomorqadan samarali foydalanish boʻyicha aholi bilan suhbatlar oʻtkazish kerak. Xonadonlarda 100 tadan parranda boqishni yoʻlga qoʻyish, issiqxonalarda limon, unabi ekib, daromad olishni odamlar ongiga singdirish lozim. Aholining oʻz tomorqasidan foydalanib, daromad topishga ishtiyoqi kuchaysa, ularning farovonligi ortadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev fermerlar bilan boʻlib oʻtgan suhbatda.

Fermer xoʻjaligining dala shiyponida Malikobod mahallasi onaxonlari sumalak tayyorladi. Davlatimiz rahbari ular bilan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar odamlar hayotida qanday aks etayotgani, xotin-qizlar turmushini farovon qilish, farzandlar taʼlim-tarbiyasi toʻgʻrisida samimiy suhbat qurdi.

Malikobod mahallasida yashovchi Jumagul Fayzullayeva barcha islohotlardan avvalo odamlar manfaat koʻrayotgani, mamlakatimizdagi oʻzgarishlar xalqimizning ertangi kunga ishonchini mustahkamlayotganini faxr bilan taʼkidladi.

Bizga shu ham boʻlaveradi, degan qarash bilan yashash vaqti allaqachon oʻtdi. Uyida daromad topgan, farzandlarini ham shu ruhda oʻstirgan oila farovonligiga zamin yaratadi. Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlardan asosiy maqsad odamlarga yelkadosh boʻlish, farzandlarining baxti-kamolini koʻrishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishdir", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangi uylar

Prezident Karmana tumanining Mustaqillik massivida barpo etilayotgan qulay, arzon va zamonaviy uy-joylar, profilaktika inspektorlari uchun yashash joyi, davlat idoralari rahbarlari uchun qurilgan xizmat uylari bilan tanishdi.

Karmana tumani “Talqoq” mahalla fuqarolar yigʻinida yangilangan loyihalar asosida 32 xonadonga moʻljallangan ikki qavatli va 46 oila uchun 2 sotixli uylar barpo etildi. Tumani rahbarlari uchun Mustaqillik massivida 9 xizmat uyidan 4 tasida qurilish tugallanib, kommunikatsiya tarmoqlariga ulandi.

Sayyohlik

Shavkat Mirziyoyev Nurota tumanidagi Chashma ziyoratgohi yonidagi muzey binosi, “Hunarmandchilik markazi” majmuasi, 50 oʻringa moʻljallangan mehmonxona loyihalari bilan ham tanishdi.

Prezident ushbu loyihalarni vaqtida sifatli amalga oshirish, Chashma ziyoratgohi maydonini kengaytirish va obodonlashtirish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.

Shundan prezident Navoiy issiqlik elektr stantsiyasi va viloyatning boshqa yirik korxonalarida boʻldi va rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishdi. Tashrif soʻngida prezident Navoiyda tashkil qilingan Xalq qabulxonasi bilan tanishdi.

Asosiy mavzular