11:06 23 Avgust 2017
Efir
Voditelskoye udostovereniye Uzbekistana

Migrantlar uchun haydovchilik guvohnomasi olishning oson yoʻli ishlab chiqilmoqda

© Sputnik/ Vadim Shekun
Jamiyat
Havola olish
38210

Oʻqish muddati qisqartirilgan, koʻproq malaka oshirish tarzida boʻlib oʻtadi. Haydovchi avval biroz teoriya oʻrganadi, keyin mashq maydonida va shahar koʻchalarida tayyorgarlikdan oʻtadi.

TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Moskva avtomaktablari gildiyasi migrantlar uchun 1,5 oyda guvohnoma olish taklifi tayyorlamoqda. Ekspert fikriga koʻra, bunday yoʻl migrantlar uchun guvohnoma olishni tezlashtiradi va imtihondan muvaffaqiyatli oʻtish ehtimolini oshiradi.

Eslatib oʻtamiz, 1 iyuldan boshlab haydovchi boʻlib ishlashni xoxlagan chet el fuqarolari Rossiya haydovchilik guvohnomalariga ega boʻlishlari kerak. Ish beruvchilar rossiya haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan chet el fuqarolarini ishga qabul qilgan holda ularga 50 ming rubl  jarima solinadi.

Ushbu masala borasida Sputnik Tojikiston muxbiri "Taksichi" hududlararo profsoyuzi rahbari Yaroslav Щerbin bilan suhbat qildi.  

"Biz avtomaktablar gildiyasi bilan birga 1,5 — 2 oy ichida haydovchilik guvohnomasi olishni istagan barcha chet el fuqarolari uchun taklif tayyorlyapmiz. Bugun ushbu masalani Moskva Savdo-sanoat palatasida muhokama qilamiz. Kim istasa ushbu taklifdan foydalanishi mumkin", — dedi Щerbin Sputnik muxbiriga.   

Mutaxassis aytishiga qaraganda oʻqish muddati qisqartirilgan. U koʻproq malaka oshirish tarzida boʻlib oʻtadi. Haydovchi avval biroz teoriya oʻrganadi, keyin mashq maydonida va shahar koʻchalarida tayyorgarlikdan oʻtadi.

Rasmiy yoʻl bilan guvohnoma olishni istagan haydovchilar oʻzlari toʻgʻridan-toʻgʻri GIBDDga murojaat qilishlari mumkin. Bunday holda haydovchi guvohnomasini tasdiqlash uchun Rossiya Politsiyasi boshqa mamlakat IIVga soʻrov xati yuboradi. Xat borib javobi kelguncha odatda ikki oy vaqt kerak boʻladi. Keyin imtihon topshiriladi. Agar haydovchi imtihondan oʻta olmasa, yana bir oy navbat kutib turish kerak boʻladi.

Щerbinning fikriga koʻra, yoʻl qoidalari rus tilida boʻlgani va haydovchilikka oʻqishdan bir necha yil oʻtgani tufayli koʻpchillik haydovchilar yoʻl-harakati qoidalarini unutgan boʻlishlari mumkin. Qisqartirilgan tayyorlov kursidan oʻtish, migrant haydovchilarga yoʻl harakati qoidalarini takrorlab olishiga va imtihondan muvaffaqiyatli oʻtishiga yordam beradi.

Asosiy mavzular