01:09 19 Avgust 2017
Efir
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, arxiv surat

Shavkat Mirziyoyevdan boʻlajak qaynonalarga maslahat

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
1595152

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi davomida Qiziltepa tumanining "Malikobod" mahallasida nuroniy onaxonlar bilan suhbatlashdi

TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi davomida Qiziltepa tumanining "Malikobod" mahallasida nuroniy onaxonlar bilan suhbatlashdi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

Podrobno.uz nashri xabariga koʻra, Mirziyoyev suhbat davomida boʻlajak qaynonalarga va shunday maqomga ega ayollarga maslahat bergan.

"Agar biz ayollarning mavqeini yaxshilasak, jamiyatdagi ahvol oʻzgaradi. Kelin kim? Kelin — bizning qizimiz. Biz mana shu qizimiz uchun yaxshi sharoitlarni yaratib berishimiz kerak. Qaynonalar kelinni qizim, deb atashlarini xohlayman. Axir ularning ham qizlari bir kun kelin boʻladi. Sizlar nima uchun aksariyat hollarda yosh ayollar kerakli shart-sharoitlarni topa olmaydilar, deya savol berishingiz mumkin: chunki qaynonasidan yaxshi gap eshitmaydi, eri yomon muomala qiladi. Natijada er-xotin ajrashadi, qaynona esa oradan olti oy oʻtib uyga yangi kelin olib keladi. Bu bizlar uchun uyat boʻlishi kerak. Shuning uchun ham men bu mavzuni koʻtardim, balki endi odamlarga tushunarli boʻlar", — degan prezident.

Asosiy mavzular