03:29 17 Dekabr 2017
Efir
Dvijeniye transporta v gorode Tashkente

Kameradan raqamini yashirgan haydovchilar vaqtincha mashinasiz qolishlari mumkin

© Sputnik/ Aleksey Babushkin
Jamiyat
Havola olish
70711

YHXB xodimi turli usullar bilan davlat raqami yashirilgan avtomobilni vaqtinchalik jarima maydoniga olib kirish huquqiga ega

TOSHKENT, 1 apr — Sputnik. Poytaxt chorrahalarida ishlayotgan kameralardan avtomashinasi raqamini yashirish uchun turli hiylalardan foydalangan haydovchilar vaqtincha mashinasiz qolishlari mumkin, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.

IIBBning maʼlumot berishicha, davlat raqam belgilarini toʻliq koʻrishga toʻsqinlik qiluvchi turli jism va qoplamalardan foydalanish qoidabuzarlik ekanligi Oʻzbekiston maʼmuriy javobgarlik haqidagi Kodeksining 127-moddasida koʻrsatilgan. Unga koʻra, bunday qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchilar eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslar esa uch baravardan besh baravargacha miqdorda jarima toʻlaydilar.

Bunda YHXB xodimi turli usullar bilan davlat raqami yashirilgan avtomobilni vaqtinchalik jarima maydoniga olib kirish huquqiga ega.

Asosiy mavzular