Samarqandning qator tumanlarida oilaviy poliklinikalar paydo bo‘ladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishBolalar poliklinikasi
Bolalar poliklinikasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati tumanlaridagi qishloq vrachlik punktlari negizida 43 ta oilaviy poliklinika tashkil etilmoqda

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. 3-aprel kuni o‘tkazilgan xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 35-sessiyasida viloyatda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining faoliyatini takomillashtirish va yanada yaxshilash chora-tadbirlari muhokama qilindi, deb xabar qildi Samarqand hokimligi matbuot-xizmati.

Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i ishdan olindi
Tadbirda dori-darmon narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

Jumladan, aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan qishloq vrachlik punktlarining faoliyati to‘liq qayta ko‘rib chiqilib, 50%i qisqartiriladigan bo‘lgan.

Aholiga qulay bo‘lgan qishloq vrachlik punktlari saqlab qolinib, ularda nafaqat ambulator xizmat, balki statsionar xizmat yo‘lga qo‘yilishi, ginekolog, stomatolog, pediatr, klinik laboratoriya, ultratovush tekshirish, EKG tekshiruvi amalga oshirilishi, 103 shoxobcha tunu kun xizmat ko‘rsatishi belgilangan.

Samarqan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Jo‘rayev tuman markazidan uzoq-yaqinligi, hududiy joylashuvi, aholi uchun qulayligi, binoning moddiy-texnika bazasi, infratuzilmasi hisobga olingan holda qishloq vrachlik punktlari negizida 43 ta oilaviy poliklinika tashkil etilayotgani haqida axborot bergan.

Past Darg‘omda 6 ta, Urgutda 5 ta, Ishtixon tumanida 4 ta, Kattaqo‘rg‘on, Oqdaryo, Paxtachi, Samarqand, Jomboy va Nurobod tumanlarida 3 tadan, Narpay, Payariq, Toyloq, Bulung‘ur, Qo‘shrabot tumanlarida 2 tadan qishloq vrachlik punktlari oilaviy poliklinikalarga aylantirilishi ta’kidlangan.

Tuman markaziga yaqin joylashgan, moddiy-texnika bazasi, sanitar ahvoli talabga javob bermaydigan 22 ta qishloq vrachlik punkti faoliyati tugatilishi ma’lum qilingan.

Yangiliklar lentasi
0