Armiyada xizmat qilgan abituriyentlar uchun imtiyozli ball miqdori o‘zgardi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishProbniy YeGE po russkomu yaziku
Probniy YeGE po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgari armiyada xizmat qilgan fuqarolarning kirish imtihonlaridagi bu imtiyoz maksimal mumkin bo‘lgan ball miqdorining 27 foiziga teng edi

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Qurolli kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qismlar tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga kirish testlarida to‘plagan ballarining 50 foizi qo‘shib beriladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

O‘zbekiston harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat muddati o‘zgardi

Xabarga ko‘ra, mazkur o‘zgarish O‘zbekiston Prezidentining 4-aprelda imzolangan qarori bilan tasdiqlangan.

Ilgari armiyada xizmat qilgan fuqarolarning kirish imtihonlaridagi bu imtiyoz maksimal mumkin bo‘lgan ball miqdorining 27 foiziga teng edi.

Imtiyoz mamlakatning turli yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlaydigan barcha oliy o‘quv yurtlariga tegishli. Imtiyoz olishning boshqa shartlari o‘zgarishlarsiz qolgan.

Yangiliklar lentasi
0