06:41 20 Oktyabr 2017
Efir
Flag IGIL

Nazarbayev: biz terrorchilarni uyga qaytarmaymiz

© Wikipedia/ VOA
Jamiyat
Havola olish
27240

Qozogʻiston prezidenti Islom davlati safida jang qilganlarni fuqarolikdan mahrum qilishini va ularga uyiga qaytishga imkon bermasligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. ISHID jangarilari qatoriga qoʻshilgan qozogʻistonliklar fuqaroligidan mahrum qilinadi, dedi Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarbayev “Mir” telekanaliga.

“Qozogʻiston qonuniga koʻra, agar fuqaro chet mamlakatga ketib, ekstremistik tashkilotlar safiga qoʻshilgan boʻlsa  u mamlakatga qaytarilmaydi va fuqaroligidan mahrum qilinadi. Bu bugungi kunda kerak boʻlgan chora. Bizdan u  yerda 500-600 kishi boʻlsa kerak, lekin sobiq Ittifoq mamlakatlaridan 5 ming yoki undan koʻp kishi bor. Kavkaz, Oʻrta Osiyo biz ular qanchaligini bilamiz”, — dedi Nursulton Nazarbayev.

Davlat rahbar aytishiga qaraganda, birinchidan odamlar u yerga ketishini oldini olish kerak.

“Biz u yerdan qaytganlar bilan profilaktik ishlar olib borishga harakat qildik, lekin bu samara bermadi. Shuning uchun ham biz ularni uyiga qaytarmaslikka qaror qildik”, — dedi prezident.

“Mir” telekanaliga bergan intervyu davomida Qozogʻiston prezidenti NATO va KXSHTning oʻxshash tomonlar va maqsadlari haqida gam gapirdi.

Asosiy mavzular