14:39 24 May 2017
Efir
Afrika koʻchalarida. Arxiv surat

Liviyada qul bozori borligi aniqlandi

© AFP / ISSOUF SANOGO
Jamiyat
Havola olish
45001

Xalqaro migratsiya tashkiloti Liviya janubi-gʻarbida qul bozori borligi haqida xabar qildi.

TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) Liviya janubi-gʻarbidagi Sabxa shahrida qul bozori borligini, u yerda Oʻrta yer dengizi orqali Yevropaga ketayotgan migrantlarni qul sifatida sotilayotganini xabar qildi.  

"Sahroi Kabirdan janubda joylashgan mamlakatlaridan boʻlgan migrantlar liviyaliklar tomonidan olib-sotiladi. Ularga Gana va Niger fuqarolari yordam beradi", — dedi XMT matbuot kotibi Joel Millman.

Millman aytishiga qaraganda, u bilan suhbat qilgan bir necha migrantlar juda mudhish voqealarni hikoya qilib bergan. Sabxa maydonlari va garajlarida migrantlar qul sifatida sotilishini  tasdiqlashgan. Bu ish bilan  odatda mahalliy aholi va haydovchilar shugʻullanar ekan. Ular migrantlarni kunlik ish uchun shaharga olib ketar, keyin esa toʻlov oʻrniga ularni boshqa odamga sotar ekan. Niger, Gana va Gambiyalik migrantlarni esa odam oʻgʻrisi yoki qullar qoʻriqchisi sifatida yollashar ekan.

Mahalliy aholi qoʻlida boʻlgan qochqinlar zoʻravonlik va ovqat yetishmasligidan jabrlanayotgan ekan. Oʻtgan yili shunday migrant qullardan 14 kishi qurbon boʻlgan ekan.

Asosiy mavzular