Vatandoshlarini qullikka sotgan sotgan fuqaro 7-yilga qamaldi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishQamoqxona
Qamoqxona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayblanuvchi Rossiya hududida vatandoshlarining pasportlarini olib, ularni sanoat va qurilish korxonalarida noqonuniy ishlashga topshirgan. Berilgan 8,25 ming dollar ish haqini o‘z hamoniga solgan.

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘zbekiston viloyatlaridan birining sudi fuqaro Aybek Ashurovni odam sotishda ayblab, 7-yilga ozodlikdan mahrum qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

“Tergov davomida ma’lum bo‘lishiga ko‘ra, Ashurov 2016-yilda 13 nafar vatandoshlarini noqonuniy ishlash maqsadida olib chiqqan. Sud unga yetti yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi berdi”, — dedi prokuratura vakili.

Ma’lum bo‘lishiga ko‘ra, Ashurov Rossiya hududiga yetib kelgan vatandoshlarining pasportlarini olib, ularni o‘z sheriklari qo‘liga topshirgan. Sheriklari fuqarolari Irkutsk sanoat va qurilish korxonalarida noqonuniy ishlatgan. Berilgan 8,25 ming dollar ish haqini Ashurov o‘z hamoniga solgan.   

Sud vakili aytishiga qaraganda 2016-yil oxirida jabrlanganlar Rossiyadan majburiy chiqarib yuborilgan. O‘z vataniga qaytgach, ular huquqni saqlash organlariga murojaat qilishgan va Ashurov hibsga olingan.

Yangiliklar lentasi
0