23:54 24 Iyun 2017
Efir
Alisher Usmanov, arxivnoye foto

Alisher Usmonov Navalniy ayblovlarini puchga chiqardi

© Sputnik/ Mixail Klimentyev
Jamiyat
Havola olish
50170

Rossiyada sentyabrda boʻlib oʻtadigan saylovlar oldidan, muxolifatchi Navalniy oʻzini korruptsiyaga qarshi faol kurashchi sifatida koʻrsatish va jamoatchilik oldida qoʻshimcha ochkolar jamlash maqsadida Alisher Usmonovni korruptsiyada ayblagan.

TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Biroz oldin Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy internetda film namoyish qilib unda milliarder Alisher Usmonovga koʻplab ayblar qoʻygan edi.

Xususan, goʻyoki Usmonov Medvedevga Rublevodan uy hovli sovgʻa qilgani, uning konlarida ishlayotgan shaxtyorlar juda kam oylik olayotgani, Usmonov oʻziga tegishli boʻlgan gazeta va jurnallarda tsenzura oʻrnatgani, Rossiyaga soliq toʻlamayotganini, davlat aktivlarini arzon-garovga sotib olgani va boshqalar.

Alisher Usmonov "Vedomosti" nashriga bergan intervyuda ushbu ayblovlarni birma-bir  va asosli inkor etdi va ular sariq chaqaga ham arzimasligiga dalillar keltirdi.

Birinchidan, Navalniy aytib oʻtgan Rublevodagi yer maydonini Alisher Usmonov dastlab oʻz singlisi uchun sotib olgan, lekin singlisi u yerda yashashni istamagan. Keyin Usmonov ushbu hovlini oʻz uyi yonida boʻlgan, Ilya Yeliseyevning "Sotsgosproyekt" fondiga tegishli boshqa yer maydoniga almashtirib olgan ekan.

"Men 20 yildan beri yashayotgan oʻz hovlimni kengaytirish imkonini anchadan beri qidirib yurgan edim. Shuning uchun ham hovlim yonida joylashgan, fondga tegishli boʻlgan yer maydonini, mendan uzoqroqda joylashgan singlimning hovlisiga almashtirishni oʻzim taklif qildim", — dedi Usmonov "Vedomosti" nashriga.

Koʻchmas mulk sohasi mutaxassislari fikriga koʻra, haqiqatdan ham Rublevoda 12 gektar boʻsh maydon va 4 gektar hashamatli uy qurilgan hovlining bozordagi narxi teng ekan.

Ikkinchidan, Alisher Usmonov konlarida ruda ochiq uslub bilan, yaʼni ekskavatorlar yordamida qazib olinadi. U yerda birorta ham shaxter ishlamaydi.

"Navalniy hatto biz  rudani ochiq uslub bilan qazib olishimizni ham bilmaydi. Bizda birorta ham shaxtyor yoʻq. Korxonalarimizda 300 ming kishi ishlaydi va ularning hammasi oʻz hududida oʻrtacha boʻlgan oylikdan yuqori maosh oladi", — deb izoh berdi Usmonov.

Uchinchidan,  Usmonov oʻziga tegishli boʻlgan bir necha media manbaalari, gazeta va jurnallar ishiga umuman aralashmasligini taʼkidladi.

"Men faqat bir narsani aytishim mumkin: Men bunday qilmayman. Men oʻzimga tegishli media faoliyatiga umuman aralashmayman", — dedi Alisher Usmonov.

Toʻrtinchidan, Alisher Usmonov olayotgan daromadining yarmidan koʻpi chet mamlakatlardagi qimmatli qogʻozlar bilan boʻlgan faoliyatidan boʻlsada, u Rossiya soliq rezidenti ekanini va barcha shaxsiy soliqlarni Rossiya gʻaznasiga toʻlayotganini xabar qildi.

"Men Rossiya gʻaznasiga jismoniy shaxs sifatida 400 millon dollar soliq toʻladim", — dedi Alisher Usmonov.

Beshinchidan, Alisher Usmonov hech qachon davlatdan hech narsa bepul yoki arzon-garovga olmaganini taʼkidladi. Biznesmen fikriga koʻra, davlat va biznes turli maqsadlarga intiladi. Biznes — koʻproq foyda olishga, davlat — ushbu foydaning koʻproq qismini soliq sifatida olishga. Shuning uchun davlat bilan faqat hamkorlik qilish mumkin, lekin undan hech narsa tekinga olib boʻlmaydi.

"Shuning uchun ham, men hech qachon davlatdan hech narsani bepul yoki arzon-garovga olmaganman. Bu mening printsipim", — dedi Alisher Usmonov.

"Agar janob Navalniy mening kompaniyalarimni boshqarayotgan rasmiy shaxslarga murojaat qilganida edi, ushbu savollarning barchasiga aniq va tushunarli javob olgan boʻlar edi. Hech narsa oʻylab topishga toʻgʻri kelmas edi", — dedi Alisher Usmonov.

Biznesmen aytishiga qaraganda, Rossiyada sentyabrda boʻlib oʻtadigan saylovlar oldidan, muxolifatchi Navalniy oʻzini korruptsiyaga qarshi faol kurashchi sifatida koʻrsatish va omma oldida qoʻshimcha ochkolar jamlash maqsadida ushbu ishni qilgan.

Navalniyning yolgʻon ayblovlari jamoatchilik oldida biznesmen obroʻsiga putur yetkizishi mumkin, shuning uchun Alisher Usmonov uni sudga berishga qaror qilgan.

Asosiy mavzular