Lavrov AQShlik jurnalistlarga: sizlarga kim tarbiya bergan o‘zi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPeregovori ministra inostrannix del RF S. Lavrova i gossekretarya SShA R. Tillersona
Peregovori ministra inostrannix del RF S. Lavrova i gossekretarya SShA R. Tillersona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan uchrashuvi chog‘ida amerikalik jurnalistlarning tarbiyasizligidan hayratda qoldi: ular bir-birlariga gal bermasdan qichqirib savol berishga urinishdi. Vazir ularga odob-axloq qoidalari borligini eslatib qo‘ydi

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan uchrashuvdan oldin qichqirib savol berishga uringan jurnalistlarga odob-axloq haqida eslatib qo‘ydi.

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Rossiyaga rasmiy tashrif uyushtirdi - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Davlat kotibi Tillerson Rossiyaga tashrif buyurdi

"Sizlar Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlayotganingiz to‘g‘rimi? Oq Uyning kechagi bayonotini qanday izohlaysiz?", — so‘radi muxbir ayollardan biri.

"Oq Uyning kechagi bayonotiga javobingiz bormi?", — qichqirdi boshqa bir jurnalist ayol.

"Sizlarga kim tarbiya bergan o‘zi? Odobni kimdan o‘rgangansiz?", — dedi Lavrov bunga javoban.

So‘ngra Rossiya vaziri nutq so‘zladi, navbatni Tillersonga berdi va amerikalik jurnalist ayolga qarata dedi: "Ana endi qichqirsangiz bo‘laveradi". Ayol unga iljaygancha "rahmat" dedi.

Biroq uning hamkasblari kinoyani tushunishmadi va yana qichqirib savol berishga tushishdi.

Yangiliklar lentasi
0