03:25 15 Dekabr 2017
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche so spetsialistami sferы zdravooxraneniya

Mirziyoyev Samarqandda ish oʻrinlari yaratilishiga eʼtibor qaratdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi (8)
59540

"Biz uchun har bitta ish oʻrni muhim. Loaqal ikkita odamni ish bilan taʼminlagan tadbirkorni boshimizda koʻtarishga tayyormiz, - degan Prezident

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni bilan yaqindan tanishmoqda, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari Jomboy tumanidagi "Gʻalla Osiyo non" masʼuliyati cheklangan jamiyatida boʻlib, viloyatda yaqin vaqtlar ichida amalga oshiriladigan yirik loyihalar taqdimotida ishtirok etdi.

Dastlab Prezidentga "Sharq sanoat" kontserni tarkibida tashkil etilgan intensiv koʻchat yetishtirish loyihasi haqida maʼlumot berildi. Polshadan kelgan mutaxassislar yangi texnologiyaning ahamiyati, afzalliklari haqida soʻzlab berdi. Mazkur usul asosida yetishtirilgan koʻchatlar kasallikka chidamliligi, tezpisharligi bilan boshqalaridan ajralib turadi.

Samarqandda kartoshka yetishtirish boʻyicha yangi markaz tashkil qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Markazning hududlararo filiallari tashkil qilinadi. Viloyatlarda mazkur yoʻnalishda laboratoriyalar ochish kerakligi qayd etildi.

Bulungʻur tumanida tashkil etilayotgan "Tohir" masʼuliyati cheklangan jamiyati loyihasi haqida soʻzlab berildi. Oʻzbekistonda aholini yil davomida sabzavotlar, kartoshka, meva va poliz mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash, tashqi bozorlarda xaridorgir va raqobatbardosh boʻlgan hoʻl meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini koʻpaytirish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Yangi tashkil etilayotgan jamiyat mutaxassislari loyihani joriy yilning uchinchi choragida foydalanishga topshirishni rejalashtirgan.

Oʻn bir gektar maydonda barpo etiladigan korxona yiliga 12 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash quvvatiga ega.

Prezidentga taqdim qilingan keyingi uchta loyiha ham shu yoʻnalishda. Bular Bulungʻur tumanidagi "Samarqand garden plast" va Jomboy tumanidagi "Grin agro eksport" masʼuliyati cheklangan jamiyatlari hamda "Maroqand meva-sabzavot" fermer xoʻjaligi tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini saralash, qayta ishlash, qadoqlash markazini tashkil etish loyihalaridir.

Loyihalar haqida prezidentga batafsil maʼlumot berildi: tashkil etiladigan yangi ish oʻrinlari, eksport hajmi, tashabbuskor tomonidan sarflanadigan mablagʻlar, banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar, zamonaviy uskunalarning imkoniyatlari haqida alohida toʻxtalib oʻtildi.

Davlat rahbari loyihalarni yanada takomillashtirish boʻyicha zarur tavsiyalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Oqdaryo tumanidagi "Yunusjon ahli" oilaviy korxonasi tomonidan soya oqsili izolyati ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi. Yiliga 26 tonna soya donini qayta ishlash quvvatiga ega korxona Xitoyning yetakchi kompaniyalarining zamonaviy uskunalari bilan jihozlanadi. Joriy yilning dekabr oyida foydalanishga topshiriladigan korxonada soya yogʻi, uni, oqsil izolyati ishlab chiqariladi.

Prezident yaratiladigan ish oʻrinlari bilan qiziqdi. Korxonada 80 kishining bandligini taʼminlash koʻzda tutilgani aytildi.

"Biz uchun har bitta ish oʻrni muhim. Loaqal ikkita odamni ish bilan taʼminlagan tadbirkorni boshimizda koʻtarishga tayyormiz, — degan Prezident. — Chunki insonning ish bilan taʼminlanishi uning oilasi farovon boʻlishiga, ertasiga, davlatga ishonchi oshishiga asos boʻladi".

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi (8)

Asosiy mavzular