12:13 27 Aprel 2017
Efir
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm

Prezident islom markazi qurilishi loyihasi bilan tanishdi

© Sputnik/ Aleksey Nikolskiy
Jamiyat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi (8)
271 0 0

Shavkat Mirziyoyev olimlar va ulamolar bilan suhbatda ushbu markazda tadqiqotchilarga Qurʼoni karim oyatlarini qiroat bilan oʻqish, toʻgʻri talaffuz etish, arab imlosida yozish - kalligrafiya boʻyicha mamlakatning yetakchi olimlari darslarini yoʻlga qoʻyish, xorijlik tadqiqotchilar uchun stajirovkalar taʼsis etish haqida soʻzladi

TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy yodgorlik majmuini ziyorat qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida tashkil etilayotgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qurilishi loyihasi bilan tanishdi.

Markaz Imom Buxoriy va boshqa mutafakkir allomalarning bebaho ilmiy-maʼnaviy merosini oʻrganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, arxiv fondlarida saqlanayotgan qoʻlyozmalarning elektron nusxalarini toʻplash, ularni xalqimiz va jahon jamoatchiligiga yetkazish bilan shugʻullanadi.

Bugungi kunda Imom Buxoriy majmuasi yonidan joy ajratilib, markazni qurish boʻyicha loyiha ishlab chiqildi.

Prezident mazkur xalqaro markazning mazmun-mohiyatiga alohida eʼtibor qaratdi. Bu muassasada islom madaniyati targʻibotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks yondashuv ishlab chiqish kerakligini taʼkidladi. Bino xonalarida buyuk allomalar ruhi, maʼnaviy kuch-qudrati va salohiyati namoyon boʻlib turishi, buning uchun har bir xonani muayyan alloma nomi bilan atash va shunga yarasha jihozlash zarurligini qayd etdi.

"Buyuk mutafakkir bobomiz, barcha muhaddislar peshvosi Imom Buxoriy mangu qoʻnim topgan ushbu maskanda oʻziga xos maʼnaviy-ruhiy muhit mavjud, —dedi Oʻzbekiston rahbari. —Majmuaga ziyoratga kelgan odam bu markazga ham kirib, oʻziga katta ozuqa olsin, bobolarimiz hikmatlaridan oʻrganib ketsin. Shunda ularning kalbida ulugʻ ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuygʻusi rivoj topadi, ayni paytda shunday buyuk zotlarning avlodi masʼuliyatini his etadi".

Shavkat Mirziyoyev posetil memorialnыy kompleks Imama Buxari
Shavkat Mirziyoyev islom markazi qurilishi loyihasi bilan tanishdi

Yangi markazda buyuk muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, ulugʻ faqihlar Burhoniddin Margʻinoniy, Abullays Samarqandiy, kalom ilmining buyuk mutafakkirlari Abu Mansur Al-Moturidiy, Abul Muin Nasafiy kabi ajdodlarimiz boy merosini alohida-alohida oʻrganish va ilmning shu sohalari boʻyicha mukammal bilimga ega boʻlgan yetuk mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish kerakligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev olimlar va ulamolar bilan suhbatda ushbu markazda tadqiqotchilarga Qurʼoni karim oyatlarini qiroat bilan oʻqish, toʻgʻri talaffuz etish, arab imlosida yozish — kalligrafiya boʻyicha mamlakatning yetakchi olimlari darslarini yoʻlga qoʻyish, xorijlik tadqiqotchilar uchun stajirovkalar taʼsis etish haqida soʻzladi.

Uchrashuvda Buxorodagi Mir Arab madrasasining ham qadimgi mavqeini tiklash zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Uning binosini taʼmirlash va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash boʻyicha topshiriqlar berildi.

"Poytaxtimizdagi Hazrati Imom majmuasi hududida Islom taraqqiyot markazini tashkil etmoqchimiz. Ushbu maskanda ham Imom Buxoriy xalqaro markazi kabi xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning maʼnaviy dunyosini boyitishga, buyuk ajdodlarimiz islom taʼlimotiga beqiyos hissa qoʻshganini aniq misollar bilan koʻrsatish kerak", dedi mamlakat rahbari.

Imom Buxoriy majmuasi atrofida joylashgan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalarini rekonstruktsiya qilish loyihasi haqida ham maʼlumot berildi. Bu ziyoratchilar uchun qoʻshimcha qulaylik yaratib, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mirziyoyev Maxdumi Aʼzam ziyoratgohidan Imom Buxoriy majmuigacha boʻlgan yoʻl boʻyida ikki qavatli zamonaviy uylar va ijtimoiy obʼyektlar qurish, hududni obodonlashtirish boʻyicha mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berdi.

Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 18 oktyabr kuni Toshkentda oʻtgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi ochilish marosimida Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida islom madaniyati, umumbashariy tsivilizatsiya rivojiga benazir hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarning koʻp qirrali boy merosini oʻrganishga ixtisoslashgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish tashabbusini ilgari surgandi.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi (8)

Asosiy mavzular