"Tashabbus-2017" ko‘rik tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda

© Torgovo-promishlennaya Palata UzbekistanaFinal 20-go konkursa predprinimateley, fermerov i remeslennikov «Tashabbus-2016»
Final 20-go konkursa predprinimateley, fermerov i remeslennikov «Tashabbus-2016» - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘rik tanlov g‘oliblari uchta asosiy nominatsiya: Eng yaxshi tadbirkor, Eng yaxshi fermer, Eng yaxshi hunarmand, shuningdek, qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha aniqlanadilar

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har yili o‘tkazib kelinayotgan "Tashabbus" ko‘rik tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinishini ma’lum qildi.

Arizalar joriy yilning 19-apreliga qadar qabul qilinadi.

Ko‘rik tanlovning tuman (shahar) bosqichlari shu yilning 20-25 aprel kunlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlari 25-aprel — 3-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Respublika bosqichi 16-17 may kunlari o‘tkaziladi.

Ko‘rik tanlov g‘oliblari uchta asosiy nominatsiya: Eng yaxshi tadbirkor, Eng yaxshi fermer, Eng yaxshi hunarmand, shuningdek, qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha aniqlanadilar.

G‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi 22-may kuni "Turkiston" san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rik-tanlov 1996-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va o‘tgan 20-yil davomida tanlovda jami 200 000 ga yaqin tadbirkor, fermer va hunarmandlar ishtirok etishgan.

Yangiliklar lentasi
0