Samarqanddagi suv tarmoqlari modernizatsiya qilinadi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishIstochnik presnoy pityevoy vodi
Istochnik presnoy pityevoy vodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelgusi uch yilda viloyatda 55 nasos stansiyasini to‘liq ta’mirlash rejalashtirilgan

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida suv resurslaridan unumli foydalanish, suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish loyihalarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2015-yil 18-dekabrdagi qaroriga muvofiq, OPEK hamda Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamg‘armalari tomonidan O‘zbekiston ishtirokida 2016-2018-yillarda Qo‘shrabot tumanida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan umumiy qiymati 36,4 million dollarlik loyihaning amalga oshirilishi belgilangan.

Suv to‘ldirayotgan erkak - Sputnik O‘zbekiston
Ishtixonda suv inshooti quriladi

Loyiha amalga oshirilgach, 77 qishloq fuqarolar yig‘inida 49 suv olish inshooti quriladi, 6 tasi rekonstruksiya qilinadi. 408,1 kilometr magistral suv quvurlari va tarmoqlari barpo etiladi.

Bundan tashqari, loyihaga 110 suv olish qudug‘ini burg‘ulash va rekonstruksiya qilish, 16,1 kilometr uzunlikdagi suv inshootlarini himoya devorlari bilan o‘rash, 164 quduq nasosini o‘rnatish, 14 avtomatlashtirilgan nasos stansiyasini qurish, 55 transformator, 3 quyosh generatori hamda 52 dizel generatori o‘rnatish, 24,5 kilometr uzunlikdagi tashqi elektr ta’minoti tizimi bilan ta’minlash kiritilgan.

Kelgusi uch yilda viloyatda 55 nasos stansiyasini to‘liq ta’mirlash rejalashtirilgan. Natijada 60 ming 619 gektar maydonda suv ta’minoti yaxshilanadi, yiliga 29,9 million kVt soat elektr energiyasi hamda 720 million so‘m ekspluatatsiya xarajatlari iqtisod qilinib, 6,4 milliard so‘m mablag‘ tejaladi.

Yangiliklar lentasi
0