Mirziyoyev obyektlarning xususiylashtirilgandan keyingi ahvoli bilan qiziqmoqda

© IA "Jaxon"Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Surxandarinskuyu oblast
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Surxandarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident viloyatlarga tashrifi chog‘ida yirik obyektlarning xususiylashtirilgandan keyingi ahvoli bilan qiziqmoqda

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida Samarqand shahridagi "Alpomish" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi. Ushbu mas’uliyati cheklangan jamiyatning bo‘sh yotgan binolarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

Prezident viloyatlarga tashrifi chog‘ida yirik obyektlarning xususiylashtirilgandan keyingi ahvoli bilan qiziqmoqda. Bunday obyektlar samarali ishlab ketishi uchun ularni qo‘llab-quvvatlash, kichik sanoat zonalarini tashkil etish va hudud ehtiyojidan kelib chiqqan holda mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar bermoqda.

Xokimiyat Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda o‘ndan ortiq ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi

Davlat rahbari mablag‘i, texnologiyasi va tajribasi yetarli bo‘lmagan tadbirkorlarga yordam berish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida tizim ishlab chiqish kerakligini ta’kidladi.

Prezidentning shu yil 12-yanvardagi "Urgut", "G‘ijduvon", "Qo‘qon" va "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida"gi farmoni soha uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Qarorga muvofiq Urgut tumanida erkin iqtisodiy zonaning "Urgut-1", Nurobod tumanida "Urgut-2" va Pastdarg‘om tumanida "Urgut-3" hududlari tashkil etildi. Ushbu hududlar uchun jami 816 gektar yer ajratilib, ularni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash ishlari boshlab yuborilgan.

Bugungi kunda yengil sanoat, maishiy texnika, tibbiyot jihozlari, farmatsevtika, charm-poyabzal, kanselyariya mollari, qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan 83 loyiha tayyorlangan, ularning 20 tasi joriy yilda ishga tushiriladi.

Umumiy qiymati 250 million dollarni tashkil etuvchi ushbu loyihalar tijorat banklari krediti va ta’sischilarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Natijada 5,5 ming yangi ish o‘rni tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0