Vladimir Putin Rossiya xalqini Pasxa bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishV.Putin v xrame Xrista Spasitelya v Moskve
V.Putin v xrame Xrista Spasitelya v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Rus Pravoslav cherkoviga oila qadriyatlarini tiklashda, dinlararo va xalqlararo munosabatlarni uyg‘unlarshtirishda tutgan muhim o‘rni uchun minnatdorlik bildirdi.

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin nasroniylarni va barcha rossiyaliklarni Pasxa bayrami bilan tabrikladi.

«Buyuk Pasxa bayrami alohida ma’naviy mazmunga ega bo‘lib, u o‘zida e’tiqodning o‘chmas nurini mujassamlashtirgan va odamlar yuragini quvonch, muhabbat va yaxshilikka intilish bilan to‘ldiradi. Butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilayotgan Pasxa tantanalari bizni ota-bobolarimiz urf-odatlariga biroz yaqinlashtiradi va ruhiy qadr-qimmatlarning avloddan avlodga o‘tishiga xizmat qiladi", — deyilgan prezident tabrigida.

Shuningdek, Rossiya prezidenti Rus Pravoslav cherkoviga oila qadriyatlarini tiklashda, dinlararo va xalqlararo munosabatlarni uyg‘unlarshtirishda tutgan muhim o‘rni uchun minnatdorlik bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0