10:55 26 Aprel 2017
Efir
Nikohdan oʻtish marosimi

Duv-duv gap: Toshkentlik kuyovning korteji butun Oʻzbekistonni hayratga solmoqda

© Sputnik/ Mixail Markiv
Jamiyat
Havola olish
11115619

Bu tomoshadan butun Yunusobod ahli hayratga tushdi, "parovoz" signallaridan iborat musiqa ovozini esa poytaxtliklar hali uzoq vaqt eslab yurishadi

TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. Shu kunlarda Toshkent shahrida gʻaroyib bir voqea roʻy berdi — kelinni olib ketish uchun kuyov bola 10ta ogʻir yuk mashinasidan iborat kortejda keldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Oʻzbekistonlik kuyovlar va ularning joʻralari xayolga kelmagan "qahramonliklarga" oʻchligi hech kimga sir emas. Shu paytga qadar kuyovlar kelinni olib ketish uchun qanday kortejlarda kelmagan deysiz? "Mersedes Gelendvagen"lar, "Porshe"lar, "Ferrari"lar, "Limuzin"lardan iborat qimmatbaho kortejlarga guvoh boʻlgan edik. Hatto, chavandoz kuyovjoʻralar kurshovida kelgan "shahzodalar" ham boʻlgan edi, ular orasida.

Ammo ogʻir yuk mashinalaridan iborat kortejga poytaxt aholisi ilk bor duch keldi.

Svadebnыy kortej s gruzovikami
Sputnik
Svadebnыy kortej s gruzovikami

Bu haqda Internetdagi "Voditeli Tashkenta" guruhi aʼzolaridan biri xabar qilgan.

"Toʻybop sharlar va tasmalar bilan bezatilgan 10ta Mercedes Geländewagen va 10ta ogʻir yuk mashinalariga munosabatingiz qanday? Bugun Yunusobod bu tomoshadan rosa zavqlandi, kortej parovozi gudoklaridan kelayotgan unutilmas musiqa haqidaku gapirmasa ham boʻladi. Menga juda yoqdi", — deb taʼkidlagan internet foydalanuvchisi.

Ammo internet foydalanuvchilari orasida kuyovni oliftagarchilik uchun koyiganlar ham topildi.

Kuyov bu kortej uchun pulni qayoqdan olganiga qiziqqanlar ham topildi.

"Nima uchun bizning odamlar mana shunaqa tomoshalarga ustamon boʻladilar-a? Kimga qarama pul yoʻq, ish yoʻqligidan, maosh kamligidan noligan. Mana shunaqa toʻylarni tashkillashtirishga ular pulni qayerdan olishar ekan?", — deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

Svadebnыy kortej s gruzovikami
Sputnik
Svadebnыy kortej s gruzovikami

"Bunday trend bizga urf boʻlishidan xudo asrasin. Bitta toʻyning oʻziga ham bizda bitta kvartiraning puli ketadi", — deb taʼkidlagan yana bir foydalanuvchi.

Post muallifining yozishicha, kuyovjoʻra dalnoboyshik boʻlgani uchun, kelinni olib ketish uchun mana shunday antiqa kortejda kelgan.

Svadebnыy kortej s gruzovikami
Sputnik
Svadebnыy kortej s gruzovikami

"Gap yoʻq, tasanno, kuyov bola!!! Kuyovning dalnoboyshik joʻralariga ham gap yoʻq — qoʻllab-quvvatlaganlari uchun! Super tashabbus! Haqiqiy birodarlik mana shunday boʻpti!", — deya hayratini yashirmagan yana bir foydalanuvchi.

Oʻzbekistonliklarning yana bir qismi esa yarim hazil tarzida nikoh toʻyi koʻchalarda tirbandlik hosil qilish uchun bir bahona boʻlmasligi kerakligini aytib oʻtishgan.

"Tankchi uylangudek boʻlsa-chi? Yoki axlat tashuvchi mashina haydovchisi?", — deb qayd etgan toshkentlik bir foydalanuvchi. "Tank qoʻshinlari generallaridan biri oʻgʻlini uylagudek boʻlsa, nimalar boʻlishini tasavvur qilishdan qoʻrqyapman", — deb yozgan yana bir foydalanuvchi.

Asosiy mavzular