Ishsiz fuqarolarga eng kam ish haqi to‘lab yangi kasb-hunar o‘rgatiladi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSdacha ekzamenov v sentre testirovaniya migrantov
Sdacha ekzamenov v sentre testirovaniya migrantov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston viloyatlarida 11 ta yangi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazlari tashkil etiladi.

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi 2017-2020 yillar davomida ishsiz fuqarolarni profesional qayta tayyorlash va kasb-hunarga o‘qitish markazlari tashkil etish dasturini tasdiqladi.

Yangi o‘quv markazlari davlat ta’lim muassasalari bo‘lib, ular Mehnat vazirligiga bo‘ysunadi. Ishsiz fuqarolarga yarim yil davomida eng kam ish haqi miqdorida stipendiya to‘lanadi.

Buxoro viloyati FV Boshqarmasi yangi binosi ochildi - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda FV boshqarmasining o‘quv-tayyorlov markazi ochildi

Yangi o‘quv markazlarda eng uzog‘i bir yil davomida ta’lim olish mumkin, eng uzoq stipensiya olib o‘qish davri — olti oy.

Ushbu markazlarda tashkilot va muassasalar buyurtamalariga qarab, pullik, qisqa muddatli o‘quv — tayyorlov kurslari ham tashkil qilinishi mumkin.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, respublika bo‘ylab 11 ta shunday markazlar tashkil qilinadi. Ular Nukus, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Guliston, Termez, To‘ytepa va Urgench shaharlarida tashkil qilinadi.

Qarorning to‘liq matni bilan lex.uz sahifasida tanishish mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0