10:54 26 Aprel 2017
Efir
V avtomobilnom salone Toyota-Tsentr Losinыy ostrov v Moskve

2016 yilda Rossiyada eng daromadli boʻlgan avtomobillar

© Sputnik/ Ruslan Krivobok
Jamiyat
Havola olish
272 0 0

Statistika maʼlumotlariga koʻra Rossiya avtomobil bozorida eng muvaffaqiyatli ishlab chiqaruvchilari qatoriga Hyundai, Toyota, Lada va Volkswagen brendlari kiritildi.

TOSHKENT, 19 apr – Sputnik. “Avtostart” tahliliy agentligi 2016 yilda Rossiyada eng koʻp daromad keltirgan avtomobil modellarini aniqladi. Agentlik sotilgan avtomobillar sonini ularning oʻrtacha bozor narxiga koʻpaytirib quyidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

Hyundai–Kia

Rossiya avtomobil bozorida 2016 yilda sotilgan yangi avtomobillar orasida eng koʻp daromad keltirgan avtomobil bu Hyundai Solaris boʻldi. Oʻrtacha narxi 740 ming rubl boʻlgan ushbu avtomobil 2016 yilda 90 000 dona sotilgan. Umumiy daromadi 67,2 milliard rublni tashkil qilgan.

Ikkinchi avtomobil ham Koreyalik ishlab chiqaruvchiga tegishli. Oʻrtacha narxi 740 ming boʻlgan Kia Rio modeli salkam 87 700 dona sotilgan va umumiy daromad 65 mlrd rublni tashkil qilgan.

Proizvodstvo obnovlennogo Hyundai Solaris v Leningradskoy oblasti
© Sputnik/ Mixail Kireyev
Hyundai Solaris (Leningrad viloyatida ishlab chiыarilgan)

Toyota-Lexus

Daromad boʻyicha keyingi oʻrinlarni Yaponiyaning Toyota brendi egallagan. Oʻta muvaffaqiyatli sotilayotgan LAND CRUISER, PRADO, RAV4 va CAMRY modellarining har biri korxonaga 46 – 60 millard rubldan daromad keltirgan. Kompaniyaning lyuks brendi Lexus ham 40 milliard rublga “savdo qilgan”.

Moskovskiy mejdunarodnыy avtomobilnыy salon 2014
© Sputnik/ Grigoriy Sыsoyev
Toyota Camry

Lada-Renault  

Lada-Renault brendi sotilgan avtomobillar boʻyicha yetakchi boʻlsada, daromad miqdori boʻyicha yuqorida aytib oʻtilgan kompaniyalardan ortda qolgan. Alyansning eng muvaffaqiyatli Lada Granta avtomobili 38,7 mlrd,  Lada Vesta — 33,6 mlrd va  Reno Duster– 38,2 mlrd. rubl daromad keltirgan.

Moskovskiy mejdunarodnыy avtomobilnыy salon-2016. Den pervыy
© Sputnik/ Ilya Pitalev
Lada Granta

Eslatiab oʻtamiz, Rossiya avtomobil bozorida 2016 yilda eng muvaffaqiyatli sotilgan avtomobillar quyidagilar boʻldi:

 

Eng daromadli avtomobillar
Eng daromadli avtomobillar

 

 

 

Asosiy mavzular