O‘zbekistonda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash yaxshilanadigan bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishKuxonniy kran.
Kuxonniy kran. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash, ichimlik suvi resurslaridan oqilona foydalanish, ichimlik suvidan foydalanishni davlat tomonidan nazorat qilishning yagona tizimini yaratish maqsadida yangi farmon qabul qilindi

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi ("Davsuvinspeksiya") tashkil etiladi.

Ushbu farmon O‘zbekiston aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini samarali ekspluatatsiya qilish, ichimlik suvi resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, ichimlik suvidan foydalanishni davlat tomonidan nazorat qilishning yagona tizimini yaratish maqsadida qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, ichimlik suvini oqilona va samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish va realizatsiya qilish, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi texnik jihatdan tartibga solishga doir qonun hujjatlari hamda normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga o‘zboshimchalik bilan ulanib olishga yo‘l qo‘ymaslik Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi.

Istochnik presnoy pityevoy vodi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqanddagi suv tarmoqlari modernizatsiya qilinadi

Inspeksiya shuningdek, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarining holati va ularni ishlatish shart-sharoitlari, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimidagi buzilishlar va avariyalarning profilaktikasi hamda ularning oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan tadbirlarning amalga oshirilishi, ichimlik suvi yo‘qotilishining belgilangan normalariga rioya etilishini ta’minlaydi.

"Davsuvinspeksiya" va uning ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyalari O‘zbekiston Respublikasining suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasidagi davlat nazorati yagona tizimini tashkil etadi.

Farmonga muvofiq, "Davsuvinspeksiya" boshlig‘i o‘z maqomiga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Mazkur farmon ijrosini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.Ramatov zimmasiga yuklandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0