01:04 19 Avgust 2017
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche so spetsialistami sferы zdravooxraneniya

Prezident qator tashkilotlar rahbarlarini qattiq ogohlantirdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
48510

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida vazirlik, tashkilotlar rahbarlari va hokimlar qattiq ogohlantirildi

TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 19 aprel kuni videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali.

Yigʻilish import hajmi va turlarini maqbullashtirish, eksport prognoz koʻrsatkichlarining soʻzsiz bajarilishi va eksport hajmini yanada koʻpaytirish maqsadida mavjud imkoniyatlarni toʻliq ishga solish uchun barcha darajadagi rahbarlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga bagʻishlandi.

Xabarda bildirilishicha, "Oʻzbekenergo", "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati", "Oʻzbekengilsanoat", "Oʻzqurilishmateriallari" AJ, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" DK, "Oʻzpaxtasanoateksport" XK, "Oʻzdonmahsulot" AK, "Oʻzbekcharmpoyabzali" uyushmasi, "Oʻzfarmsanoat" DAK korxonalarida 2016 yilda import hajmi sezilarli ravishda oshgan.

"Oʻzbekneftgaz" MXK, "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati", "Oʻzbekengilsanoat", "Oʻzbekenergo", "Oʻzqurilishmateriallari" va "Oʻzkimyosanoat" AJ, "Oʻzeltexsanoat" AK, "Oʻzfarmsanoat" DAK, "Oʻzbekoziqovqatxolding" XK mamlakat korxonalarida ishlab chiqarilishi oʻzlashtirilgan mahsulotlarning xorijdan olib kelinishiga yoʻl qoʻygan. Shu bilan birga, ayrim korxonalar xorijdan asosiy faoliyatiga xos boʻlmagan mahsulotlar ham sotib olgan.

Qayd etilgan kompaniyalar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari import hajmining oʻsishi, valyuta resurslarini asossiz importga jalb qilgani uchun ularga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralari qoʻllanilishi, egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilishi haqida ogohlantirildi.

"Oʻzbekneftgaz" MXK, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ rahbarlariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun keraksiz boʻlgan tovarlar bojxona omborlarida uzoq muddat saqlanayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Davlat bojxona qoʻmitasiga Hisob palatasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda bojxona omborlarida uzoq vaqtdan buyon saqlanayotgan mahsulotlarni toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish va ulardan keyinchalik foydalanish, bojxona omborlari tizimini maqbullashtirish va tartibga solish, ular uchun xalqaro standartlar darajasida yagona texnik talablar belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish topshirildi.

"Oʻzfarmsanoat" DAK, "Oʻzeltexsanoat", "Oʻzmontajmaxsusqurilish" AK, "Oʻzagrotexsanoatxolding", "Oʻzbekoziqovqatxolding" XK rahbarlari mahalliylashtirish va mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalarini oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirishni taʼminlamayotgani uchun qattiq tanqid qilindi.

Yigʻilish ishtirokchilari eʼtibori aksariyat korxonalar Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjada shartnomalarni nomigagina tuzayotganiga qaratildi. Jumladan, "Oʻzavtosanoat","Oʻzmontajmaxsusqurilish", "Toshshahartransxizmat" AK, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK, "Oʻzagrosanoatxolding" XK korxonalari 2016 yilda tuzilgan shartnomalar boʻyicha mahsulotlarni toʻliq xarid qilmagan.

Vazirlar Mahkamasining komplekslari rahbarlari, tegishli vazirlik, tashkilot va idoralar rahbarlari Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjada 2017 yil uchun tuzilgan shartnomalar oʻz vaqtida, toʻliq amalga oshirilishi uchun shaxsan javob berishi haqida qatʼiy ogohlantirildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular