13:00 22 Sentyabr 2017
Efir
Student v auditorii. Arxivnoye foto

Tomsk oʻquv yurtlari oʻzbek abituriyentlari uchun kirish imtihonlari oʻtkazadi

© Sputnik/ Aleksandr Kryajev
Jamiyat
Havola olish
Abituriyent-2017: oʻzgarish va yangiliklar (30)
37322

20-24 aprel kunlari Tomskdagi universitetlar vakillari Toshkentda kirish imtihonlari va "Taʼlim va kasb-2017" koʻrgazmasida oʻz taqdimotlarini oʻtkazishadi

TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Tomsk viloyat maʼmuriyatining xabar berishicha, Tomsk davlat universiteti, Tomsk politexnika universiteti, Sibir davlat tibbiyot universiteti, Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronika universiteti hamda Tomsk davlat pedagogika universiteti vakillari Rossotrudnichestvoning Oʻzbekistondagi vakolatxonasida abituriyentlardan kirish imtihonlarini olishadi.

Imtihon topshirish uchun bir necha yuz daʼvogar roʻyxatdan oʻtgan.

21-22 aprel kunlari barcha xohlovchilar "Taʼlim va kasb-2017" koʻrgazmasi doirasida taʼlim dasturlari bilan tanishishlari va oʻquv yurtlari qabul komissiyalari vakillaridan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.

Mazkur tashrif "Tomskda taʼlim ol" loyihasi doirasida Tomsk viloyati maʼmuriyatining xalqaro va mintaqaviy aloqalar departamenti hamda fan va oliy taʼlim departamenti qoʻllab-quvvatlashi ostida amalga oshirilmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Mavzu:
Abituriyent-2017: oʻzgarish va yangiliklar (30)

Asosiy mavzular