03:24 17 Dekabr 2017
Efir
Podpisaniye dokumentov

Samarasiz ish olib borgan tumanlar hokimlari ishdan boʻshatiladi

© Sputnik/Viktor Tolochko
Jamiyat
Havola olish
34510

Videoselektor yigʻilishida birinchi yarim yil yakunlari boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarini bajarmagan tumanlar hokimlari lavozimida qolish-qolmasligi masalasi koʻrib chiqilishi haqida ogohlantirildilar

TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida birinchi yarim yil yakunlari boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarini bajarmagan tumanlar hokimlari lavozimida qolish-qolmasligi masalasi koʻrib chiqilishi haqida ogohlantirildilar.

Yigʻilishda qayd etilishicha, "Oʻzagrotexmash", "Oʻzqurilishmateriallari" AJ, "Oʻzbekoziqovqatxolding" XK, "Oʻzfarmsanoat" DAK korxonalari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi hududiy korxonalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarni bajarishda oqsoqlikka yoʻl qoʻyilgan.

Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Oltinkoʻl, Buloqboshi, Qoʻrgʻontepa, Xoʻjaobod, Buxoro, Vobkent, Baxmal, Sariosiyo, Sirdaryo va Quva tumanlarida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish prognozlari bajarilmagan.

Eksport prognoz koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlashda yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun "Oʻzagrotexsanoatxolding", "Oʻzbekoziqovqatxolding" XK, "Oʻzqurilishmateriallari" AJ, "Oʻzfarmsanoat" DAK rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari faoliyati tanqid qilindi.

2017 yilning birinchi choragida meva-sabzavot mahsulotlarini belgilangan hajmda eksportga yetkazib berishni taʼminlamagan tumanlar hokimlari birinchi yarim yil yakunlari boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarini bajarmagan taqdirda ularning egallab turgan lavozimida qolishi yoki qolmasligi toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilishi haqida ogohlantirildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular