03:05 26 May 2017
Efir
Oʻzbekistondagi temir yoʻllar

Toshkent-Andijon yoʻnalishidagi ikki reys bekor qilindi

© Flickr/ Ramón
Jamiyat
Havola olish
304 0 0

Poyezdlar haftasiga ikki marta Qamchiq dovoni orqali harakatlanadi. Oʻzbekiston FVV shu kunlarda respublkaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel ketishi va koʻchki roʻy berishi xavfi haqida ogohlantirgan

TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. "Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi" AJ dushanba kundan boshlab Toshkent — Andijon — Toshkent yoʻnalishidagi poyezdlar harakati vaqtincha toʻxtatilishi haqida ogohlantirdi.

Taʼkidlash lozim, poyezdlar haftasiga ikki marta Qamchiq dovoni orqali harakatlanadi.

"Texnik sabablarga koʻra bitta reysdan Toshkent-Andijon-Toshkent yoʻnalishidagi 60/59 sonli poyezdning 17.04.17 dan boshlab har dushanba kungi va 62/61 poyezdning 19.04.17 dan boshlab har chorshanba kungi reyslari bekor qilinadi", — deyilgan xabarda.

Poyezdlar harakatlanishi qachon qayta tiklanishi haqida hech qanday maʼlumot berilmagan.

Oʻzbekiston Favqulodda Vaziyatlar vazirligi matbuot-xizmati esa ob-havo sharoitlari yomonlashishi tufayli koʻchki yuz berishi ehtimoli kattaligi haqida ogohlantirgan. Vazirlik xabariga koʻra, Toshkentga yaqin hamda respublikaning togʻli hududlarida sel ketishi va koʻchki roʻy berishi xavfi mavjud.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular