21:31 26 Iyul 2017
Efir
Shakar

Dollar aybdor: Oʻzbekistonda shakar qimmatlashdi

© Flickr / Doug Waldron
Jamiyat
Havola olish
150304

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi shakar narxi nega koʻtarilgani haqidagi savolga javob berdi

TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Darakchi" tahririya tomonidan shakar narxi koʻtarilishi sababi haqidagi savolga "Shakar narxining koʻtarilishi jahon bozorlarida Braziliyadan sotib olinadigan shakar-qamish(shakar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan asosiy xom ashyo) xom ashyosi narxi koʻtarilishiga hamda erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta narxi oshishiga bogʻliqligi"ni takʼidlagan.

Nashr xabariga koʻra, ayni vaqtda respublikada bir kilo shakarning ulgurji savdodagi narxi — 4750 soʻm darajasida, chakana savdodagi narxi esa — 5200 soʻmgacha oʻrnatilgan. 10 aprel holatiga koʻra, Toshkentdagi qator supermarketlarda shakarning bir kilosi 5 ming soʻmdan sotilgan. Bundan tashqari, Toshkent shahrining markaziy bozorlarida shakar (bir kilosi uchun) 4900 soʻmdan sotiladigan maxsus savdo shahobchalari tashkil qilingan.

Isteʼmol bozorida shakar yuqorida koʻrsatilgan narxlarda sotilishiga rioya etilishi uchun nazorat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi soliq qoʻmitasi zimmasiga yuklatilgan, deb xabar qiladi nashr.

Eslatib oʻtamiz, 2016 yilning dekabr oyida Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati har bir kishi boshiga ajratilgan meʼyor asosida shakar, yogʻ va unga yagona narxlar belgilangani haqida xabar qilgan edi.Xususan, xabarda 1 kg un — 1050 soʻm, 1 kg yogʻ — 5400 soʻm, 1 kg shakar — 4800 soʻm etib telgilangani taʼkidlangan edi.

Asosiy mavzular