10:55 26 Aprel 2017
Efir
Chinovnik s portfelem

Hukumat tarkibidagi oʻzgarishlar: kim qayerga tayinlandi

Oleg Prasolov
Jamiyat
Havola olish
1170 0 0

Joriy yilning mart-aprel oylarida hukumat tarkibida qanday oʻzgarishlar yuz bergani haqida Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali maʼlumot berdi

TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali mart-aprel oylari davomida hukumat tarkibida roʻy bergan oʻzgarishlar haqida axborot berdi. Unga koʻra, oʻtgan bir oy davomida hukumat tarkibida quyidagi lavozimiy oʻzgarishlar roʻy berdi:

Mahmudjon Rustamovich Boltaboyev Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Qahramonovich Yusupaliyev Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Abduhakim Hojiboyev Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Bahrom Qurbonovich Sharipov "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi boshqaruvining raisi lavozimiga tasdiqlandi.

Navroʻzjon Raimjonovich Alimov "Oʻzagroeksportbank" aktsiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy milliy banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Qahramon Qodirovich Mullajonov "Asaka" aktsiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi.

Ravshan Abrorovich Usmonov Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Azim Isroilovich Ahmadxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi.

Rustam Mirzayevich Joʻrayev Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Abdushukur Hamidovich Abdullayev Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi.

Asosiy mavzular