Akram Azimov Turkiyadan pul olib kelib xudkush-terrorchiga bergan

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishTerrorchilikda gumon qilinayotgan Akram Azimov
Terrorchilikda gumon qilinayotgan Akram Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Terrorchilikda gumon qilinayotan Akram Azimov Turkiyadan pul olib kelib xudkush-terrorchi Akbarjon Jalilovga nomiga o‘tkazgan.

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Kecha hibsga olingan Akram Azimov oxirgi to‘rt oy davomida Turkiyaga ikki marotaba borib kelgan, deb xabar qilmoqda Moskvaning Basmanniy tumani sudi.

"Pasportidagi belgilarga ko‘ra, terrorchilikda gumon qilinayotgan shaxs ikki marta Turkiyaga borib kelgan — 2016-yilning dekabrida va 2017-yilning mart oyida", — dedi sudya.

Undan tashqari, Akram Azimov xudkush-terrorchi Akbarjon Jalilov nomiga pul mablag‘lari o‘tkazgan. Ushbu pullarni u Turkiyadagi xalqaro terrorchi tashkilot a’zolaridan olgan, deb xabar qilmoqda Rossiya Tergov qo‘mitasi.

Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburg metrosida 3-aprel kuni terrorchilik uyushtirgan Akbarjon Jalilov fojea oldidan bir necha kishiga qo‘ng‘iroq qilgan. Rossiya FXXsi ushbu qo‘ng‘iroqlarni orqali 18-aprel kuni Moskva viloyatining Odinsovo tumanida Abror Azimovni qo‘lga olgan, undan ikki kun o‘tib esa uning akasi Akram Azimovni hibsga olgan edi.

Rossiya Tergov Qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Abror Azimov xudkush-terrorchini tayyorlashda bevosita ishtirok etgan. Ayni damda, ushbu ish yuzasidan umuman 10 kishi hibsga olingan.

Yangiliklar lentasi
0