10:01 25 Iyul 2017
Efir
AQSH dollari

Shov-shuv: buzilayotgan garajlar ostidan 38 mln AQSH $ topildi

© Sputnik/ Mixail Kutuzov
Jamiyat
Havola olish
319126

Toshkent TS1 mavzesida garajlar yoppasiga buzilib, ular oʻrniga zamonaviy koʻpqavatli avtoturargohlar qurilishi haqida xabar bergan edik. Ayni vaqtda internet tarmoqlarida buzilayotgan garajlar ostidan 38 million AQSH dollari topilgani haqidagi xabar yashin tezligida tarqala boshladi

TOSHKENT, 20 Sputnik. Buzilayotgan garajlar ostidan 38 million AQSH dollari topilgani haqidagi xabarni Uzbek MDK guruhi internet foydalanuvchilari oʻrtasida tarqatdi, deb xabar qildi dia.uz.

Dollarы SSHA obnarujennыe pri snose garajey
Dollarы SSHA obnarujennыe pri snose garajey

"Aholi hayratda. Feysbuk tarmogʻida koʻpincha oldi qochdi maʼlumotlar tarqatib kelgan va yaqindagina mahalliychiligi uchun keskin tanqidga uchragan Uzbek MDK guruhi oʻz sahifasida buzilayotgan garajlar ostida 38 mln AQSH dollari topilganini maʼlum qilib uch dona surat joylagan", — deb yozadi nashr.

"Hozirda Toshkentda garajlar buzilishi boshlangani sababli koʻpchilik bu maʼlumotni aynan Toshkent hududida deb adashmoqda.

Aslida suratlarda Lotin Amerikasidagi davlat — Ekvadorning Guyaakil shahrida roʻy bergan voqealar aks ettirilgan.

Guruh tomonidan shahar nomi koʻrsatilgan boʻlsada, koʻpchilik uni Toshkentda boʻlganlikda tahmin qilib adashmoqda", — deya qoʻshimcha qiladi nashr.

Asosiy mavzular