18:25 29 May 2017
Efir
Sinov tariqasida oʻrnatilgan svetofor

Toshkentda yana taymerli svetoforlar paydo boʻldi

© Sputnik/ Yevgeniy Biyatov
Jamiyat
Havola olish
15810

Sariq chiroq oʻrniga taymer oʻrnatilgan svetoforlar hozircha bitta chorrahada paydo boʻldi, tajriba oʻzini oqlasa, transport harakatini boshqaradigan bu kabi qurilmalar shaharning barcha qismiga joriy etiladi

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Toshkent shahridagi Nurafshon va Xumdonsoy koʻchalari kesishmalarida tajriba sifatida taymerga ega yorugʻlik diodli svetoforlar oʻrnatildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Poytaxt IIBB YHXBning xabar qilishicha, sariq chiroq oʻrniga raqamli taymerga ega svetoforlar hozircha faqat bitta chorrahada paydo boʻlgan. Agar sinov oʻzini oqlasa, transport harakatini boshqaradigan bu kabi qurilmalar boshqa chorrahalarga ham oʻrnatilishi mumkin.

"Shaharda qoʻllanib kelinayotgan odatdagi qurilmalardan farqli ravishda, svetoforning sariq chirogʻi oʻrnidagi raqamlar agarda harakatlanishni taqiqlovchi chiroq yonib turgan boʻlsa qizil, ruxsat beruvchi ishora vaqtida esa yashil rangda yonadi. Bu svetoforlarning sinovi bir necha kun oldin boshlandi va bir necha oy davomida davom etishi mumkin", — deb taʼkidlagan IIBBda.

Qayd etish joizki, avvalroq YHXB vakillari poytaxtdagi qayd etish kameralari oʻrnatilgan 115 ta chorrahaga taymerlar oʻrnatish rejasining mavjud emasligini maʼlum qilgan edi. Toshkentda jami 400 ta chorraha mavjud.

Oʻzbekistonning bir qancha shaharlarida taymerli svetoforlardan bir necha yillardan buyon foydalanib kelinmoqda.

Asosiy mavzular