05:17 25 Noyabr 2017
Efir
Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Chilanzarskiy rayon Tashkenta

Mirziyoyev Olmazor tumanida amalga oshiriladigan loyihalarini koʻzdan kechirdi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
333 0 0

Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanida barpo etiladigan yangi savdo markazi va koʻp qavatli uylar loyihalari bilan tanishdi

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 aprel kuni Olmazor tumanida barpo etiladigan yangi savdo markazi va koʻp qavatli uylar loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

Xabarga koʻra, Olmazor tumanining Nurafshon va Forobiy koʻchalari kesishgan joyda uch qavatli "Eski shahar" savdo markazi barpo etiladi. Bu yerda xaridorlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida kafe, galereya, bolalar oʻyin maydonchalari, avtomobillar toʻxtash joyi va boshqa obʼyektlar quriladi. Markaz ishga tushgach, 250 kishi ish bilan taʼminlanadi.

Davlat rahbari mazkur savdo kompleksi quriladigan joyni koʻzdan kechirdi. Markazning uchinchi qavatida "Kitob olami" doʻkoni va tarixiy filmlar namoyish qilinadigan kinozal barpo etish kerakligini taʼkidladi.

"Poytaxtimizda bunday yirik inshootni barpo etishdan maqsad Eski shahar aholisining turmush farovonligini yanada oshirishdir, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Buning uchun kompleksni zamonaviy arxitektura talablari asosida mukammal qurish, atrofini obodonlashtirish, odamlarga qulayliklar yaratishga alohida eʼtibor qaratish zarur".

Mutasaddi rahbarlarga 2018 yil Navroʻz bayramigacha mazkur obʼyektni foydalanishga topshirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Shavkat Mirziyoyev shu yil 3 fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishish chogʻida aholining ehtiyoji, talabidan kelib chiqib, poytaxtning barcha tumanlarida koʻp qavatli zamonaviy arzon uylar qurish rejalashtirilayotganini aytgan edi. Prezidentning 2017-2021 yillarda Toshkent shahrida koʻp qavatli arzon uylarni qurish miqyosini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori bu boradagi ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyishda dasturilamal boʻlmoqda.

Mazkur hujjatga muvofiq Kichik xalqa yoʻli va Qorasaroy koʻchalari oraligʻida 7 qavatli 12 turar-joy barpo etish boʻyicha loyiha ishlab chiqildi. 800 xonadonga moʻljallangan ushbu uylar ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitini yaxshilash, ularni arzon, zamonaviy uy bilan taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezident mazkur uylarda yashovchi oilalar roʻyxatini shakllantirib, soʻng qurilishni boshlash kerakligini taʼkidladi. Bunda Eski shaharda yashovchi uy-joyga muhtoj oilalarni hisobga olish, uylar taqsimotida adolat mezonlariga qatʼiy rioya etilishi zarurligi qayd etildi.

Uylarni qurish uchun 5 gektardan ziyod yer ajratiladi. Turar joylarni loyihalashtirishda mahalliy iqlim sharoiti, sanitariya va xavfsizlik talablari hamda oʻzbek xalqining milliy hayot tarziga xos boshqa jihatlar hisobga olingan.

Asosiy mavzular