17:38 18 Avgust 2017
Efir
chitatelnitsa v biblioteke

Toshkentda Oʻzbekiston talabalarining Milliy ilmiy-maʼrifiy markazi tashkil etiladi

© Sputnik/ Konstantin Chalabov
Jamiyat
Havola olish
Abituriyent-2017: oʻzgarish va yangiliklar (30)
69 0 0

Bu Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti, oʻrta-maxsus taʼlim maskanlari oʻquvchi va talabalari, professor-oʻqituvchilariga katta qulaylik yaratadi

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Talabalar shaharchasi hududida quriladigan axborot-resurs markazi loyihasi bilan tanishdi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali.

Davlat rahbarining "Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy taʼlim muassasalarining taʼlim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy adabiyotlar bilan taʼminlash, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish boʻyicha vazifalar belgilangan.

Talabalar shaharchasida qurilishi rejalashtirilayotgan axborot-resurs markazi ana shunday zamonaviy talablarga javob beradi. Markaz elektron-resurslar, davriy adabiyotlar, mutolaa, multimedia va konferentsiya zallarini oʻz ichiga oladi.

Bu Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Abdulla Avloniy nomidagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti, oʻrta-maxsus taʼlim maskanlari oʻquvchi va talabalari, professor-oʻqituvchilariga katta qulaylik yaratadi.

Prezident markaz loyihasi va kontseptsiyasini takomillashtirish, uning qamrovini kengaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Majmuani Oʻzbekiston talabalarining Milliy ilmiy-maʼrifiy markazi tarzida tashkil etish, dunyo universitetlari bilan hamkorlik oʻrnatish, xalqaro talablar darajasidagi kadrlar tayyorlash, professor-oʻqituvchilarning ilmiy anjumanlarini yoʻlga qoʻyish zarurligini taʼkidladi.

Mavzu:
Abituriyent-2017: oʻzgarish va yangiliklar (30)

Asosiy mavzular