03:31 15 Dekabr 2017
Efir
Taksi

Urganchda taksi xizmati uchun yoʻlkira plastik karta orqali toʻlanmoqda

© Sputnik/ Artem Jitenev
Jamiyat
Havola olish
11110

Haydovchi telefonga mijozning plastik kartasini yaqinlashtiradi va tarif asosida hisoblangan yoʻlkirani koʻrsatib tegishli tugmachani bosgach, 5-6 soniya ichida pul yechib olinadi

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Urganchda taksi xizmati uchun elektron toʻlov tizimi sinovdan oʻtkazilmoqda. Dastur haydovchining telefoniga oʻrnatilib, yoʻl haqini mijozning kartasidan "kontaktsiz" yechib oladi.

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi axborot xizmatining xabariga qaraganda, "Sundey Taxi" MCHJ tomonidan yoʻnalishsiz taksi xizmati uchun yoʻlkirani plastik kartalar orqali elektron qabul qilishga moʻljallangan maxsus dastur yaratildi. Ushbu dastur Urganch shahridagi "Muso Avto" MCHJning yoʻnalishsiz taksi mashinalariga oʻrnatilib, 5 apreldan beri sinov tariqasida qoʻllanilmoqda.

Dastur haydovchining smartfoniga yuklanib, "kontaktsiz" usulda toʻlovni qabul qiladi. Yaʼni haydovchi telefonga mijozning plastik kartasini yaqinlashtiradi va tarif asosida hisoblangan yoʻlkirani koʻrsatib tegishli tugmachani bosgach, 5-6 soniya ichida pul yechib olinadi.

Xizmat haqi toʻgʻridan-toʻgʻri avtokorxonaning bank hisob raqamiga kelib tushishi bilan mijozning mobil telefoniga toʻlov amalga oshirilgani haqida SMS-xabar keladi (buning uchun mijozning kartasi bankning SMS-xizmati tizimida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak).

Dastur, shuningdek, kun mobaynida qaysi haydovchi tomonidan necha pullik xizmatlar koʻrsatilganini ham alohida qayd etib borib, korxonalarning haydovchilar ish unumdorligini baholashi va ularga oylik maoshlar belgilashini osonlashtiradi.

"Sundey Taxi" MCHJ hozirda barcha xohlovchilarning plastik kartalariga yoʻnalishsiz taksi xizmati haqini elektron shaklda toʻlash imkonini beruvchi himoyalangan maxsus QR-kod oʻrnatib bermoqda.

Asosiy mavzular