Andijon vokzalida kuch tizimlari "terrorchilar"ni zararsizlantirishdi

© Adam JonesAndijan, ploshad Babura
Andijan, ploshad Babura - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashq ssenariysiga ko‘ra, kuch tizimi xodimlari temir yo‘l vokzalini vagonlardan birini egallab olgan shartli terrorchilardan tozalashlari kerak edi

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Andijonda bo‘lib o‘tgan taktik-maxsus o‘quv mashqlarida O‘zbekiston kuch tizimi xodimlari vokzalni shartli terrorchilardan ozod qilishdi, deb xabar berdi RIA Novosti viloyat ma’muriyati matbuot xizmatiga tayanib.

"Mashq ssenariysiga ko‘ra, kuch tizimi xodimlari temir yo‘l vokzalini vagonlardan birini egallab olgan shartli terrorchilardan tozalashlari kerak edi. Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari boshqarmalari xodimlari oldilariga qo‘yilgan vazifani bajarishda yuksak mahorat ko‘rsatdilar va qurollangan jangarilarni tezkorlik bilan zararsizlantirdilar", — deyiladi xabarda.

O‘quv mashqlarining ikkinchi ssenariysiga ko‘ra, vokzalda yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda odamlarni evakuatsiya qilish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish lozim edi. o‘quv mashqlari uchun vokzalning tanlanishi esa bejiz emas, transport vositalarining harakat xavfsizligi va temir yo‘l vokzalining favqulodda holatlarga shay turishi tegishli xizmatlarning birinchi galdagi vazifasidir.

Yangiliklar lentasi
0