O‘zbekistonda Rossiyaning oliy navli kartoshkasi yetishtiriladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishKartoshka yig‘ib olinmoqda
Kartoshka yig‘ib olinmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy navli kartoshka urug‘ining ilk partiyasi O‘zbekistonga jo‘natib bo‘lindi. Qolgan urug‘lik 15-maydan kechiktirilmasdan to‘liq yetkazib beriladi, deb xabar qildi "Uporovskoe vremya" telekanali

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Rossiyaning Uporovo shahridagi "KRiMM" agrofirmasi  va AGROVER qishloq xo‘jaligi kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga oliy navli "Rozara" va "Red Skarlet" kartoshkasi urug‘idan 600 tonna yetkazib berishga shartnoma tuzdi. Bu haqda Tumenskaya liniya axborot agentligi xabar qildi.

O‘zbekistonga kartoshka urug‘ini yetkazib berishdan avval 2 ming tonna kartoshka yetkazib berish bo‘yicha bitim tuzilgan edi. Shundan so‘ng tomonlar hamkorlikni kengaytirish qarorini qabul qildilar.

Torgovlya na optovo-roznichnom rinke - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev kartoshka taqchilligini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
"Birinchi bitimni tugatib, biz ikki teng huquqli hamkor sifatida ishimizga baho berdik. Ikki tomon ham bu hamkorlikdan afsus chekmadi. Shuning uchun keyingi shartnomani 600 tonna kartoshka urug‘ini yetkazib berishga tuzdik", deb aytgan "KRiMM" bosh direktori Gennadiy Razanov.

Kartoshka xorijga jo‘natilishidan avval jiddiy sifat nazoratidan o‘tadi. Dastlab urug‘lik korxona ichida yashirin zararlanganliklarga tekshiriladi. So‘ngra Rosselxozsentrning Tumendagi filiali urug‘likdan namunalar tanlab, mahsulotning muvofiqlik sertifikatini topshiradi. Mamlakatdan eksport qilish uchun, shuningdek, fitosanitar sertifikat beriladi.

"KRiMM"ning kartoshka urug‘ining ilk partiyasi O‘zbekistonga jo‘natib bo‘lindi. Qolgan urug‘lik 15-maydan kechiktirilmasdan to‘liq yetkazib beriladi, deb xabar qilgan "Uporovskoe vremya" telekanali.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev Rossiya O‘zbekistonga don, baliq va baliq mahsulotlari, urug‘lik kartoshka, shuningdek qandolatchilik mahsulotlari yetkazilishi hajmini oshirishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qilgan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0