Yetti yoshga to‘lmagan bolalar 1-sinfga tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi

Obuna bo‘lish
Tegishli yilning 31-avgustiga qadar 6,5 yoshga to‘lmagan, 1-sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan maktab pedagog xodimlari va psixologi bolani maktabda o‘qishga tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boradi

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining "Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori asosida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish tartibida bir qator o‘zgarishlar kiritildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmatiga asoslanib uz24.uz xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, yangi tahrirdagi nizomga 20ga yaqin yangi meyorlar kiritildi, amaldagi ko‘plab meyorlar mazmunan to‘ldirildi.

Nachalo uchebnogo goda v shkolax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Endi maktablarda sinfdagi o‘quvchilar soni 35 tadan ortishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Bolalarning intellektual rivojlanish jarayonini hisobga olib, ularni 6-7 yoshdan 1-sinfga qabul qilish meyorlariga aniqliklar kiritildi. Endilikda umumta’lim muassasalarining 1-sinfiga 6-7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi.

Tegishli yilning 31-avgustiga qadar 6,5 yoshga to‘lmagan, 1-sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o‘qishga jismonan va ruhan tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.

Og‘zaki nutq nuqsonlari va tovush talaffuzida kamchiliklari bo‘lgan o‘quvchilarga korreksion-logopedik yordam berish maqsadida umumta’lim muassasasida o‘qituvchi-logopedlar (defektologlar) faoliyat yuritadigan logopediya shoxobchasi tashkil etilishi mumkinligi belgilandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0