Farg‘ona vodiysida E-SUD tizimi ishga tushirilmoqda

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
E-SUD - Milliy elektron sudlov axborot tizimi bo‘lib, u fuqarolarga sud jarayoni, sudning ogohlantirish hujjatlari bilan onlayn tanishish imkonini beradi.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. E-SUD — tizimidan kengroq foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Farg‘ona vodiysida maxsus maxsus o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan 130 dan ortiq tuman sudalari, huquqshunoslar, fuqarolik sudlari boshliqlari, kommunal xizmat va soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirok etishdi.

Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi plenumi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtiriladi

E-SUD  Milliy elektron sudlov axborot tizimi (http://v3.esud.uz/) O‘zbekiston Oliy sudi, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va  AQShning Xalqaro rivojlanish (USAID) tashkilotlari loyihasi asosida yaratilgan.

E-SUD tizimi foydalanuvchiga ariza topshirish, hujjatlarni elektron tarzda olib borish, ko‘rib chiqliyotgan ishlarni sudga tashrif buyurmasdan elektron tarzda kuzatib borish, sud ogohlantiruvchi hujjatlarini ular tuzilgan zahotiyoq, elektron ko‘rinishda olish,  sud hujjatlari bilan onlayn tanishish imkonini beradi.

"Boshqacha qilib aytganda,  E-SUD jismoniy va yuridik shaxslarning vaqt va mablag‘ini tejab, ariza topshirish jarayoni hamda fuqaro ishlari borasida barcha kerakli hujjatlar bilan tezda tanishish imkonini yaratadi", — deyilgan BMTTD matbuot xizmati xabarida.

O‘zbekiston Oliy sudi E-SUD tizimi to‘liq ishga tushishi uchun tumanlararo fuqaro sudlarini kompyuter texnikasi va internet aloqasi bilan ta’minlash choralarini ko‘rmoqda. Bugungi kunda Andijon, Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida mahalliy hududlararo elektron sud tarmoqlari ishga tushirilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing

Yangiliklar lentasi
0