Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mevlut Chavusho‘g‘lu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qabul uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘luni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston — Turkiya munosabatlari 2016-yilning 17-18 noyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlarga muvofiq izchil rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Glava MID Tursii Mevlyut Chavushoglu - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga kelmoqda

Tomonlar o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, to‘qimachilik, ko‘nchilik, kimyo va farmatsevtika sohalari, qurilish materiallari sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va boshqa yo‘nalishlarda, jumladan, "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi doirasida yuqori texnologiyali zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qabul uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi. Davlat rahbariga Turkiya kompaniyalarining respublikadagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Turkiya rahbariyati nomidan tashakkur bildirdi va keng ko‘lamli o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0